Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


XIII-XV asrlarda Misrda ijtimoiy-iqtisodiy hayot


Download 222.12 Kb.
bet46/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

XIII-XV asrlarda Misrda ijtimoiy-iqtisodiy hayot


Yer egaligi munosabatlari. Bu davrda Misrda yerga egalikning turli shakllari mavjud edi. Sultonning shaxsiy yerlari - xos, amirlar va bir qancha harbiylar yeri - junda (iqto), diniy muassasalarning yeri - vaqf, merosiy yerlar
- mulk qo‘riq va sug‘orilmaydigan yerlar - mavat mavjud edi.
Fotimiylar davrida harbiylarga berilgan yerlar xisobiga davlat yer tuzilishi o‘zgardi. XIII asrning oxiriga kelib, amirlar iqto yerlarining katta qismini egallab turardi. Amirlarni kuchsizlantirish maqsadida sulton Mansur Lojin (1296-1299) yerlarni ular qo‘lidan tortib olib, yangi tartib asosida bo‘lib chiqdi. Ammo tezda amirlar sultonni o‘ldirdi. XV asrning boshiga kelganda ham yerlar asosan sulton va amirlar qo‘lida turardi. Suv ta’minot davlat ixtiyorida bo‘lgan.
Mamluklar davrida Misr dehqonlari (falloxlar) yerga biriktirilgan bo‘lib, qullardan deyarli farq qilmagan. Ularning qashshoqligi nafaqat yerlari uchun to‘laydigan to‘lovlar, balki, boshqa to‘lovlar xisobiga ortib bordi. Oqibatda
XII-XIV asrlarda rivoj topgan qishloq xo‘jaligi XV asrga kelib keskin pasayib ketdi. Mamluklar davrida og‘ir ahvoldagi falloxlar tez-tez isyonlar ko‘tarib turdi. 1253-yilda kambag‘al badaviylar isyon ko‘tardi. XIV asr o‘rtalarida Yuqori Misrda katta xalq qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi. Lekin, shunday bo‘lsada keng ko‘lamda qul-asirlarning Suriya, Kichik Armaniston, Nubiya va boshqa shaharlardan keltirilishi natijasida, ulardan nafaqat uy xo‘jaligida, balki hunarmandchilikda ham foydalanishgan.
XIII-XV asrlarda Misrda shaharlar va savdo. Mo‘g‘ullar bosqiniga qadar O‘rtayer dengizi va Hindiston o‘rtasidagi karvon, dengiz savdosida Bog‘dod asosiy tranzit markaz sifatida qoldi. Bog‘dod egallangandan so‘ng tranzit savdo Misr, Qizil dengiz va Hind okeani orqali o‘tadigan bo‘ldi. XIII- XIV asrda Misrda savdo aylanmasi jadallik bilan rivojlandi. Mamluklar davrida Misrning Hindiston bilan tranzit savdosida asosiy rolni karmatlarning savdo tashkilotlari o‘ynay boshladi. Venetsiya, Genuya va Piza hamda Italiyaning boshqa shaharlari savdogarlari o‘zlarining kvartallarini, cherkovlarini, gospitallarini, savdo omborlarini Aleksandriya, Dometta va Qohira shaharlarida bunyod etishdi. Aleksandriyadagi Venetsiya konsuli mamluk sultonlarining tashqi siyosatiga muntazam ta’sir etib turgan. U mamluklarning O‘rtayer dengiz davlatlari bilan tuziladigan shartnomalarida vositachi vazifasini ham bajargan. Genuya savdogarlaridan biri hatto sulton Beybarsning yaqin do‘sti bo‘lib, uning nomi bilan Qrim, Konstantinopol va boshqa hududlarda savdo ishlarini olib borgan.
XIII asrda Yaqin Sharq tranzit savdosining 15 % Misr hududidan o‘tardi. Bu ko‘rsatgich XV asrda 35 % ni tashkil etgan. Ammo Hindistonga boradigan dengiz yo‘lining ochilishi va portugallar tomonidan bu yo‘ldagi muhim savdo portlari (Hurmuz, Adan va boshqalar) egallanishi bilan XVI asr boshiga kelib yo‘l o‘z ahamiyatini yo‘qotdi.
Arxitektura. Mamluklar, ayniqsa, ularning bahriylar shoxobchasi masjid va yodgorliklar bunyod etishga katta e’tibor berdilar. Osma quvurlar o‘tkazib, ko‘priklar, bog‘lar, shaharga darvozalar, masjidlar, maktablar, xonaqohlar qurdirgan Bahri Sulton an-Nosir ular orasida eng mashhuri edi. U 1304-yilda bunyod etgan Nosiriya maktabining binosi me’morchilikning eng yaxshi namunalaridan xisoblanadi. Barquq, Qayt Bey (ular bunyod etgan masjid va madrasalar hali ham mavjud) va Al-G‘uriy mamluklarning eng buyuk binokorlari sanalardi. Ular bunyod etgan binolar uslubiy go‘zalligi jihatidan musulmon me’morchiligida o‘ziga xos xisoblanadi.
Ayyubiylar va mamluklar hadis va fiqh ilmidan ta’lim beradigan madrasalar qurdirgan. Bu davrdagi xonaqohlarning vazifalaridan biri g‘arib musulmon kishilarga saxovat ko‘rsatish va ularning og‘irini yengil qilish edi. O‘rta asr tarixchisi Maqriziyning ta’kidlashicha, tasavvuf Misrda XII asrdan boshlab rivojlangan, Salohuddin Ayyubiy birinchi xonaqohni qurdirgan. Shundan so‘ng xonaqoh, rabotlar ko‘plab qurila boshladi. Ayniqsa, bahriy mamluk sultonlari hukmronligi davrida ularning soni ko‘payib, ularda sufiylar istiqomat qilishgan. Davlat arboblari bu xonaqohlarni qurish bilan shayxlarning e’tiborini qozonardilar. Davlat hech qachon xonaqoh molini o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatmas, shuningdek boshqa yo‘llar bilan foydalanishga ruxsat bermas edi. Xonaqohlarda kutubxona ham mavjud bo‘lgan. Mamluklar davrida xuddi hozirdagidek kitoblarni saqlab, bir yoki bir necha oyda qaytarib beradigan va ularning o‘z vaqtida berilishi va yo‘qolmasligiga mas’ul shaxs bo‘lgan. Kutubxonada kitoblar tartibi, jildlanishi bir tizimga solingan. Qur’on o‘quvchi qori yoki voiz yaxshi ovozga va qiroatga ega bo‘lishi kerak edi.
Mamluklarda XV asr o‘rtalariga qadar markaziy hokimiyat kuchli bo‘lib keldi. Sulton katta buyruqbozlikka asoslangan boshqaruvni yo‘lga qo‘ygan edi. Davlat boshqaruv apparati harbiylashtirilgan edi. Bu tizimni tepasida sulton yordamchisi - noib turardi. XV asrning ikkinchi yarmiga kelib, Misr sultoniga qarshi amirlar isyonlari avj oldi. Shu bilan birga XV asrning oxirlarida Venetsiya bilan ittifoqda Usmoniy turklarga qarshi kurashlarni boshladi.
Sulton Qonsuh G‘avriy (1501-1516) davrida portugallar bilan dengiz urushi bolib o‘tdi. Qizil dengiz bilan bo‘lgan savdoda ustunlik saqlanmadi va boy berildi. 1509-yil Misr floti mag‘lub etildi. XV asr o‘rtalaridayoq mamluklar armiyasi Shimoliy Suriya hududlarida turkman sulolalari bilan doimiy urush olib bordi. Sulton Qoyitboy (1468-1496) Turkiya bilan to‘qnashuv muqarrarligi sababli, bitim imzoladi.
XV asrga kelib Mamluklar Usmonli sultonlarni o‘zlarining asosiy dushmanlari deb bilishardi. Mamluklar g‘arbiy Diyorbakrdagi oraliq davlati sifatida Zulg‘adir o‘g‘ullari degan turkman xonligini saqlab qoldilar va Qaramoniylarni qo‘llab-quvvatladilar. Ammo o‘zlarining beqiyos g‘ayratu shijoatlari, zambaraklar va miltiqlardan mohirona foydalanishlari bilan ajralib turuvchi Usmonli sultonlardan ustun edilar. 1516-yil turk armiyasi Salim I boshchiligida Suriyaga yurish qildi. 1516 yilda Xalab yaqinidagi Marj Dabik degan joyda bo‘lgan jangda mamluklarning nufuzli so‘nggi sultoni Qonsuhul- G‘avriy o‘ldirildi; shundan keyin Salim Yovuz Suriya bilan Misrni egalladi.
Endi ular Usmonlilar saltanatida bir podsholikka aylandi. Shunga qaramay, 1811-yilda Muhammad Ali ularni uzil-kesil bartaraf qilmaguncha, mamluklarning harbiy boshliqlari amalda Misrni boshqarishni davom ettirdi.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling