Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Download 222.12 Kb.
bet42/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Tayanch atama va iboralar: Tuluniylar, Fotimiylar, ismoiliylik, imom, berber, fallohlar, Ayyublar, Mamluklar, Bahriylar, Burjiylar.


Suriya va Misr Fotimiylar hokimiyati ostida


Misr Tuluniylar boshqaruvi davrida (868-905) amalda Abbosiylar xalifaligidan mustaqil edi. Sulola asoschisi Ahmad ibn Tulun (868-884) bo‘lib, uning davrida turklar, berberlar va zanjilardan iborat muntazam qo‘shin tuzildi. U o‘z nomidan tanga zarb qildirdi. 905-yilga kelib Abbosiylar Fustatda hukmronligini tikladi. Ammo tez fursatda bu yerda Abbosiylar noibi Abu Bakr Muhammad ibn Tug‘j Ixshid (935-946) mustaqil Ixshidlar sulolasiga (953-969) asos soldi. Shu bilan birga Mag‘ribda ismoiliylarning Fotimiylar xalifaligi (910-1171) ham yuzaga kelib, Misrning katta qismini egallab oldi.
X asr boshlarida hozirgi Tunis hududida ro‘y bergan tartibsizliklardan foydalangan Abu Abdulloh hamda o‘zini Ali va Fotima avlodi deya da’vo qilgan Ubaydulloh boshliq kishilar isyon ko‘tarishdi. 909-yilda isyonchilar Qayruvon shahrini bosib olishdi. Ubaydulloh Mahdiy nomi bilan taxtga o‘tirdi. Fotimiylar o‘zlarini Ali ibn Abu Tolib va uning xotini Fotima avlodlari deb da’vo qilganlar. Ularga muxolif bo‘lganlar mazkur da’voni inkor etib, ularni sulola asoschisi nomi bilan ubaydiylar deb nomlashadi. Fotimiylar shialikning ismoiliy oqimi tarafdori bo‘lib, taxtga Ali avlodlarigina munosib deb xisoblagan. Ubaydiylar taxtga kelgandan so‘ng, Misrni abbosiylardan tortib olishga xarakat boshladi. 914-yilda Iskandariya




  • Tuluniylar - Misr, Suriya va Falastinda hukmronlik qilgan arablashgan turklar sulolasi.

  • Ixshid - Farg‘ona hukmdori unvoni bo‘lib, xalifa uni Misrga noib etib tayinlagan edi.

egallandi. Ammo tezda abbosiylar qaytarib egallab oldi. 969-yilda Fotimiy xalifa Mu’iz (Ma’ad) (953-975) ning Javhar boshchiligidagi qo‘shini Misrga bostirib kirdi. Giza jangida g‘alaba qozongan qo‘shin Fustat (Qohira)ni egalladi. Xalifa poytaxtni Nil bo‘yida joylashgan Fustat shahriga ko‘chirdi. Shahar al Qohira (Maftunkor) deb nomlandi. Tezda u Yaqin Sharqdagi katta shaharga aylandi. 972-yilda Xalifa Ma’ad Qohiraga ko‘chib keldi. X asr oxiriga kelib, Falastinni hamda Suriyaning katta qismini bosib oldi. Fotimiylar boshqaruvi g‘arbda Marokko chegaralarigacha, sharqda Suriya cho‘llarigacha bo‘lgan hududda tarqaldi.
Fotimiylarda ismoiliylik davlat dini bo‘lsada, ammo barcha dinlarning tengligi ta’minlangandi. Diniy e’tiqod tengligi siyosatini xalifa Hokim (Xakim) (996-1021) buzdi. Uning musulmon jamoalarini kuchsizlantirish uchun qilgan soliq siyosati musulmonlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga u musulmonlarga qul saqlashni ta’qiqladi, xristianlar va yahudiylarni ta’qibga oldi. Oxir oqibatda unga qarshi bo‘lganlar tomonidan 1021-yilda xalifa sirli tarzda yo‘q qilinadi. Shu boisdan ham Livan tog‘larida yashovchi druzlar orasida xalifa Xakimning osmondan tushishi haqida tushuncha shakllangan. Xalifaning vorisi Zoxir (1021-1036) diniy tenglikni tiklab, cherkov faoliyatiga ruxsat beradi, tortib olingan mulklarni egalariga qaytaradi.
X-XI asrlarda Suriya va Falastinda iqtisodiy o‘sish ro‘y berdi. Suriya va Falastin shaharlari hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish markazlariga aylandi. Ayniqsa Damashq rivoj topdi. XI asrga kelib, Fotimiylar Suriyaning Tripoli, Bayrut, Sidon, Tir, Akra, Qaysariya, G‘azo shaharlari hamda Shimoliy Afrika, Vizantiya, Sitsiliya va Italiya bilan dengiz savdosini jadal olib bordi.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling