196
9-MAVZU. JAMIYATNING MOLIYA VA КREDIT TIZIMI
1-§. Moliyaning mohiyati va vazifalari
Moliya– bu pul mablag‘lari fondlarini tashkil etish,
taqsimlash
va ishlatish yuzasidan ro‘y beradigan munosabatlarning nazariy
ifodasidir
.
Moliyaviy munosabatlar – bu pul mablag‘larining harakati
bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Moliyaviy munosabatlar ko‘p qirrali bo‘lib, pul mablag‘larining
harakatida turli daraja va shakllarda ishtirok etuvchi iqtisodiyotning
barcha subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘z ichiga oladi.
Bular:
davlat bilan turli mulkchilikka asoslangan korxonalar o‘rta-
sidagi moliyaviy munosabatlar;
davlat bilan aholining turli qatlamlari o‘rtasidagi moliyaviy
munosabatlar;
korxonalar bilan korxonalar o‘rtasidagi
moliyaviy muno-
sabatlar;
korxonalar bilan uning xodimlari o‘rtasidagi moliyaviy
munosabatlar;
davlat
bilan ijtimoiy, jamoat va xayriya tashkilotlari o‘rta-
sidagi moliyaviy munosabatlar;
* pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar shak-
lida
ifodalanadi;
* ekvivalent almashinuvchi ishtirokisiz yuz beradi aniq
maqsadga yo‘naltiriladi va sarflangan mablag‘ qaytaril-
maydi;
* yalpi milliy mahsulot (YaMM)
va milliy daromad
(MD) ni maxsus fondlarga taqsimlaydi.
Moliyaning asosiy belgilari