Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet186/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

Masala va mashqlar: 
1. Quyidagi jadvalda to‘rtta iste’molchining ma’lum bir mahsulotga 
talabining individual hajmi berilgan. 
Narx (ming so‘m), 
talab hajmi, dona 
10 9 8 7 6 5 4 3 2 1 
1 Abduhamid

0 0 1 2 3 4 5 6 7 
2 Odiljon 

2 3 4 5 6 7 8 9 10 
3 Olimjon

0 1 2 3 4 5 6 7 8 
4 Erkinjon

1 2 3 4 5 6 7 8 7 
a) agar bu sof xususiy ne’mat bo‘lsa, bozor talabi hajmini 
aniqlang; 
b) agar u sof ijtimoiy ne’mat bo‘lsa, unga jamoa talabi miqdorini 
aniqlang. 
2. Sof ijtimoiy ne’matlar taklifi quyidagicha
Narx 
23 
20 
17 
14 
11 




Taklif hajmi 









Birinchi masalada berilganlardan foydalanib:
a) sof ijtimoiy ne’matlarning samarali hajmini aniqlang. 
b) agar u xususiy sektorda ishlab chiqarilganda hajmi qancha 
bo‘lar edi? 
3. Кichik shaharchada 240 ming aholi yashaydi. Ular teng uch 
guruhdan (80 ming kishidan) iborat deylik. Ijtimoiy ne’mat: yoritish 


262 
uchun chiroq o‘rnatish qadr-qimmati har bir guruh uchun turlicha. Har 
bir guruh turli miqdorda chiroq o‘rnatish tarafdorlari: A guruh uchun 
induvidual talab P = 1-0,01Q formulasida ifodalangan. Bu yerda: P – 
narx, Q – shaharchada chiroqlar miqdori. 
Ikkinchi V guruh uchun P = 2-0,02Q. Uchinchi S guruh uchun esa,
P = 3-0,03Q. 
Yo‘lga chiroqlar o‘rnatishdagi marjinal (me’yoriy) xarajatlar doimiy 
bo‘lib, 240 ming so‘mni tashkil qiladi. Shaharchada yo‘lga o‘rnati-
ladigan chiroqlarning optimal miqdori nechta? 
4. Quyidagi sanab o‘tilgan soha va tarmoqlardan qaysi birlarida 
davlat sektoriga qarashli korxonalar ko‘proq uchraydi? 
a) chakana savdoda; 
b) infratuzilmada;
d) mehmonxona va ijtimoiy ovqatlanishda
e) qishloq xo‘jaligida. 
f) xomashyo qazib olish, undirma sanoatda; 
g) kiyim-kechak ishlab chiqarishda; 
h) poyabzal ishlab chiqarishda; 
i) ilmiy tadqiqot ishlarida
j) non va non mahsulotlari ishlab chiqarishda. 
k) ichimlik mineral suv ishlab chiqarishda; 
5. Quyida davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdan ko‘zlangan 
maqsadlari ko‘rsatilgan. O‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatuvchi va bir-biri-
ga zid maqsadlarni ajratib ko‘rsating: 
a) iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish; 
b) narxning o‘sishini to‘xtatish uchun importni ko‘paytirish; 
d) to‘lov balansini taqchilligini tugatish; 
e) o‘rta va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash; 
f) ishsizlikni qisqartirish
g) kapitalning markazlashuvini rag‘batlantirish; 
h) yangi texnologiyani joriy qilish va raqobatga dosh berolmaydigan 
tarmoqlarni tugatish. 
6. Ijobiy yoki salbiy effekt ta’sirida kelib chiqadigan muam-
molarning ma’lum bir qismini davlat aralashmay yechish mumkin, 
qachonki: 
1) mulk huquqi aniq belgilanganda; 
2) uncha ko‘p bo‘lmagan kishilar o‘rtasida; 
3) bitim qiymati nisbatan kichik bo‘lsa; 
boshqa hollarda davlat miqyosida yechiladi. 


263 
Bildirilgan fikrlar kimniki va u qanday ataladi? Ijobiy va salbiy 
samara deganda nima tushuniladi?
7. Quyidagilarni diqqat bilan o‘qing. Ular ichida guruhga taalluqli 
bo‘lmaganini aniqlang va uni ro‘yxatdan chiqaring. Sababini izohlang.
1) Ilyosjon kontrakt asosida Toshkent Moliya institutida o‘qiyapti;
2) Ra’no xususiy poliklinikaga murojaat qilib, pullik meditsina 
xizmatlaridan foydalandi; 
3) Abbos sport klubiga a’zo bo‘lib, tennis kortidan foydalanish 
huquqiga ega bo‘ldi;
4) Dildora qizini ingliz tili va raqsga o‘rgatadigan bog‘chaga berdi;
5) Asqar Yo‘ldoshev chegarani qo‘riqlamoqda;
6) Rahbaroy iqtisodiyotga tegishli ma’lumotlarni olish uchun axbo-
rot yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatga 
murojaat qildi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling