Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Quyidagi javoblardan to‘g‘risini tanlang
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
Quyidagi javoblardan to‘g‘risini tanlang:
a) Mehnatning turli davlatlar guruhi o‘rtasida taqsimlanishi bo‘lib, alohida mamlakatlarning u yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashuvi; b) xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiya aloqalarining yuqori darajadagi, bir butun xo‘jalik aloqalari sifatida birlashuvi; v) umumjahon xarakteriga ega, insonning hayoti, jamiyat taraqqiyotiga xavf soluvchi, o‘zaro bog‘liq, dunyo hamjamiyatini birgalikda kechiktirmay hal etishini talab qiladigan muammolar; g) jahon xo‘jaligini yagona tovar va xizmatlar, kapital, ish kuchi va intellektual bozori, mamlakat milliy iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotining bir qismi sifatida namoyon bo‘lishi; d) jahon xo‘jaligi doirasida bir yoki bir necha sohada hukumronlik qiluvchi korporatsiyalar; e) mamlakatning jahon eksportida qanday mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashuvini ifodalovchi ko‘rsatkich; yo) mamlakatlar o‘rtasida barqaror iqtisodiy aloqalarning vujudga kelib, jahon xo‘jaligi aloqalarida qatnashuvi; j) har bir mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarda qatnashuvini ifodalovchi ko‘rsatkich. Yil davomida chetga chiqarilgan tovar va xizmatlarning YaIMga nisbati bo‘yicha hisoblanadi; z) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan qat’i nazar, iqtisodiy munosabatlar tizimi bilan bog‘langan milliy xo‘jaliklar majmui. Masala va mashqlar 1. Aytaylik, AQSHda eksportning umumiy hajmi 933,9mlrd. dollar. YaIM hajmi 8728,0 mlrd. doll. Malayziyada esa eksport hajmi 71,9 mlrd. dollar, YaIM hajmi esa 728,5 mlrd. doll. Har ikki mamlakat eksport kvotasini hisoblang, ularni solishtiring. Eksport kvotasini eksportning YaIMdagi ulushi sifatida qaray olamizmi? Fikringizni izohlang. 2. O‘zbekistonda 2012-yili 96589,8 mlrd. so‘mlik YaIM yaratildi. Eksportning umumiy hajmi esa 13599,6 mln. dollarni tashkil etdi. Agar 2012-yili so‘mning dollarga nisbatan kursi 1 dollar = 1825 so‘m bo‘lsa, eksport kvotasini hisoblang. 313 Agar 1999-yili bu ko‘rsatkich 18,7% bo‘lgan bo‘lsa, 2012-yil bilan taqqoslab, qanday xulosa chiqarish mumkin? Hozirda-chi? 3. Dunyo bo‘yicha eksport hajmi 5473 mlrd. dollar bo‘lib, uning 273,5 mlrd. dollari energiya tashuvchi resurslarni tashkil etadi. Qozog‘istonda umumiy eksport hajmi 5,2 mlrd. doll., shundan 2,08 mlrd. dollarini neft va neft mahsulotlari tashkil etadi. Qozog‘istonning eksport bo‘yicha ixtisoslashuv koeffitsiyentini hisoblang. Bu koeffitsi- yent nimani ko‘rsatadi va undan qanday foydalanilishini izohlang. Keying yil ma’lumotlarini topib hisoblan. Ularni taqqoslab, o‘z fikringizni bayon qiling. 4. 1999-yili jahon miqyosida 29232,1 mlrd. doll. YaMM yara- tilgan. Yer shari aholisi 5975 mln. kishi. 35 ta rivojlangan mamla- katlarda aholi jon boshiga 25730 dollardan YaIM yaratilgan, 59ta qoloq mamlakatlarda esa 987,6 mlrd. dollarlik YaIM ishlab chiqarilgan. Bu mamlakatlarda 2417 mln. kishi istiqomat qiladi. O‘rtacha va qoloq mamlakatlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM miqdorini aniqlang. Ulardan qanday xulosa chiqarish mumkin? Hozirga kelib bu ko‘rsatkichlar qanday o‘zgardi? Ma’lumotlarni toping, hisoblahg va solishtiring. O’zgarishi sabablarini izohlang Globalizatsiya jarayoni taraqqiyotning tezlashishiga katta ta’sir ko‘rsatishiga qaramay, nima sababdan antiglobalistlar safi o‘sib, ularning noroziligi kuchayib borayapti? 5. Quyidagilarni diqqat bilan o‘qing. Ular ichida guruhga taalluqli bo‘lmaganini aniqlang va uni ro‘yxatdan chiqaring. Sababini izohlang. «IBM», «Кoka-Кola», «Prokter end Gembl», «Royyal-Datch- Shell», «Nestle». «Simens». Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling