314
5. Кapital va
uni nazorat qilish jihatidan, ya’ni bosh kom-
paniyalarning bir mamlakatga tegishli bo‘lgan
shakli xalqaro
korporatsiyalar deb ataladi.
6. TMКlar arzon resurslar bilan birga o‘z mahsulotlarini sotadigan
bozorlarga ega bo‘lishi natijasida nihoyatda
katta imkoniyatga ega
bo‘ladi.
7. Monopolistik ustunlik (afzallik) modeli, chet ellik investor
mahalliy investorga qaraganda qulay sharoitda bo‘ladi, degan g‘oyaga
asoslanadi.
8. Mahsulotning hayot sikli modeli – yaratilgan yalpi mahsulotning
bozorga kirib borishidan boshlab, bozor talabining o‘sishi, to‘yinishi va
oxir-oqibat sotishning
kamayishi yuz berishi, bu mahsulotni chet
mamlakatlarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilishi esa shu mahsulotlarni
hayot siklini uzaytirishi haqidagi nazariyadir.
9. Xo‘jalik hayotining globallashuvi ikki xil:
ijobiy hamda salbiy
oqibatga olib keladi.
TEST SAVOLLARI
1. 1896–1900-yillarda to‘rt mamlakat jahon sanoat ishlab
chiqarishining 3/4 qismi, sanoat eksportining 3/5 qismini egallashdi.
Bular:
A) AQSH, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Fransiya;
V) AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya;
S) Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya,
D) Buyuk Britaniya, AQSH, Italiya, Fransiya;
E) Buyuk Britaniya, Italiya, AQSH, Germaniya.
Do'stlaringiz bilan baham: