Differensial renta II – yerga qo‘shimcha sarflangan kapital va
uning natijasidagi farq evaziga vujudga keladigan qo‘shimcha daromad.
Doimiy xarajatlar – ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan
xarajatlar.
Yer rentasi – yerdan foydalanganlik uchun uning egasiga to‘lana-
digan haq. U tarixan ishlab berish – barshchina, mahsulot bilan to‘lash –
obrok va pul bilan to‘lash shaklida amal qilgan.
Jamg‘arishga o‘rtacha moyillik – yil davomida shaxs ixtiyoridagi
daromadning jamg‘armaga yo‘naltirilgan qismi. Jamg‘armani daromad-
ga nisbati tarzida hisoblanadi.
Jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli – muvozanatli
sof milliy mahsulotni jamg‘arma bilan investitsiyalarni tenglashtirish
orqali aniqlash usuli.
Jamg‘arma funksiyasi – jamg‘arma hajmi bilan (boshqa sharoitlar
teng bo‘lgan holda) shaxs ixtiyoridagi daromad o‘rtasidagi bog‘lanishni
ko‘rsatadi.
Jamiyatning sof yo‘qotishlari – (monopoliyalarning ijtimoiy
bahosi) – taklif miqdorini kamaytirish uchun monopoliyalar tomonidan
mahsulot ishlab chiqarish hajmini samarali darajadan kamaytirish
natijasida iste’molchi va sotuvchilar uchun ma’lum miqdorda mahsu-
lotning yo‘qotilishi, ishlab chiqarishning kamayishi.
Jamoa bitimi – ishchi-xizmatchilar jamoasi bilan firmalar o‘rtasida
tuzilgan shartnoma.
Jahon bozori – mehnat taqsimoti orqali bir-biriga bog‘langan turli
mamlakatlar o‘rtasida barqaror ayirboshlash aloqalari va ularni ma’lum
tartiblar asosida amalga oshiriladigan joy. O‘ziga xos xususiyatlariga
ko‘ra milliy bozordan farq qiladi.
Jahon xo‘jaligi – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan qat’i
nazar, iqtisodiy munosabatlar tizimi bilan bog‘langan milliy xo‘jaliklar
majmui.
Jahon xo‘jaligining globallashuvi – jahon xo‘jaligining yagona
tovar va xizmatlar, kapital, ish kuchi va intellektual bozori, mamlakat
milliy iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotining bir qismi sifatida namoyon
bo‘lishi.
359
Do'stlaringiz bilan baham: |