366
Makroiqtisodiyot – nazariy iqtisodiyotning milliy iqtisodiyotga bir
butun
tizim sifatida yondashib, iqtisodiy siyosatning maqsadini
shakllantiruvchi va uni ro‘yobga chiqarish
uchun zarur chora-tadbirlar
belgilashni tadqiq qiluvchi bo‘limi.
Makroiqtisodiy muvozanatning keynscha modeli –
yalpi sarflar
bilan narxlar o‘zgarmas darajasidagi real YaIM o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘lanishni ifodalovchi model.
Makromoliya – jamiyat, umumdavlat miqyosidagi moliya.
Manfaatlar – odamlar ehtiyojining munosabatlar orqali ifoda-
lanishi.
Mahalliylashtirish – import qilinadigan tayyor mahsulot, butlovchi
qism (buyum), materiallarni mamlakatda ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘yish orqali unga bo‘lgan ichki talabni qondirish va eksportni yo‘lga
qo‘yish.
Megamoliya – xalqaro miqyosdagi
davlatlararo moliyaviy muno-
sabatlar bo‘lib, ular xalqaro moliya institutlari vositasida amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: