Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Milliy iqtisodiyotni mustaqilligini ta’minlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet263/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

 Milliy iqtisodiyotni mustaqilligini ta’minlashiqtisodiyotning 
chet elga qaram bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, buning uchun chora-
tadbirlar belgilash, milliy manfaatlarni himoya qilish. 
Milliy iqtisodiyotning baynalmilallashuvi – mamlakatlar o‘rtasida 
barqaror iqtisodiy aloqalarning vujudga kelib, jahon xo‘jaligi aloqalarida 
qatnashuvi. 
Milliy iqtisodiyotning tarkibi (tarmoq tuzilishi) – mamlakatda 
mavjud iqtisodiy resurslar va mehnat taqsimoti asosida shakllangan 
ishlab chiqarish va YaIMning tarkibi (tuzilishi). 
Milliy hisob tizimi – iqtisodiyotdagi faoliyat natijalarini aniqlash 
usullari majmui bo‘lib, ikkiyoqlama yozuvga asoslangan, daromad, 
xarajatlar oqimini ifodalovchi jadvallar to‘plami. Mikromiqyosda 
buxgalteriya tizimi qanday rol o‘ynasa, makromiqyosda MHT shunday 
ahamiyatga ega.
Minimal istemol budjeti (iste’mol savatchasi) – shaxsning yasha-
shi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan he’matlarga bo‘lgan ehtiyoj-
larining ijtimoiy asoslangan minimal darajasini ta’minlaydigan iste’mol 
toavarlari va xizmatlarning qiymati. 
Moddiy buyumlashgan boylik – mamlakatning asosiy, aylanma 
kapital, moddiy zaxiralar, aholining mol-mulki, tabiiy boyliklari, tarixiy 
obidalar, arxitektura yodgorliklarida ifodalangan boylik. 
Moliya bozori – subyektlar o‘rtasida moliyaviy aktivlarni 
ayirboshlash, oldi-sotdi qilish borasida amalga oshiriladigan tartiblar. 


369 
Moliya institutlari – moliya munosabatlarini amalga oshiruvchi
tartibga soluvchi, moliya infratuzilmasini tashkil etuvchi turli muassasa 
va davlat tashkilotlari. 
Moliya mexanizmi – moliyaviy munosabatlar (aloqalar), moliyaviy 
resurslarni uyushtirish va ishlatishni ta’minlovchi barcha vositalar 
majmui. 
Moliya munosabatlari – pul mablag‘lari fondlarini tashkil etish, 
taqsimlash va ishlatish natijasida ro‘y beradigan munosabatlar. Ular 
YaMM, milliy boylikni taqsimlash, ishlatish jarayonida vujudga keladi. 
Moliya tizimi – jamiyatdagi turli-tuman moliya munosabatlarining 
majmui va bu munosabatlarni tartibga soluvchi moliya mexanizmi va 
moliya institutlari yaxlitligidan iborat. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling