367
so‘ng har bir qo‘shimcha sarflangan omil avvalgisiga nisbatan kamroq
unum(daromad) olib kelishini ifodalaydi.
Me’yoriy xarajatlar – qo‘shimcha birlik mahsulot ishlab chiqarish
bilan bog‘liq umumiy xarajatlarning o‘sishi. U quyidagicha hisobla-
nadi: MS = TSn TS(n1)
Mehnat birjasi – ishchi,
xizmatchi va korxona, firma-tashkilotlar
o‘rtasida ish kuchini yollash bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishda
muntazam vositachi vazifasini o‘taydigan,
mehnat bozorini tartibga
solishda asosiy rol o‘ynaydigan maxsus muassasa.
Mikroiqtisodiyot – nazariy iqtisodiyotning, iqtisodiy alohidalash-
gan birliklari (firma, korxona, uy xo‘jaligi), alohida olingan bozor, aniq
mahsulot narxlari, sotuvchi va xaridorlarning samarali tanlov tamoyillari
shakllanishini o‘rganuvchi bo‘lim;
Do'stlaringiz bilan baham: