Real ish haqi – pul shaklida olingan ish haqining sotib olish
mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdorida ifodalanishi.
Real YaIM – narx o‘zgarishini nazarda tutgan holda hisoblangan
yalpi milliy mahsulot. Real mahsulot hisoblanganda narxlar indeksi
qo‘llaniladi. Real YaIM = Nominal yalpi ichki mahsulot / Narx indeksi.
Retsessiya – ishlab chiqarishning nisbatan mo‘tadil, keskin
bo‘lmagan holda pasayishi yoki iqtisodiy o‘sish sur’atlarining davomli
ravishda pasayib borishi.
Samaradorlik – sarflangan resurslar bilan olingan natijani
taqqoslanishini ifodalovchi ko‘rsatkich. Odatda, u ishlab chiqarish
xarajatlarini ishlab chiqarish natijasi (mahsulot)ga nisbati tarzida
hisoblanadi.
Siqib chiqarish effekt(samara)si – bozorda davlat qimmatbaho
qog‘ozlarining ko‘payishi tufayli, uning ulushi ortib, boshqalarning siqib
chiqarilishi natijasida investitsiyalarni moliyalashtirishning umumiy
sharoiti yomonlashuvi.
Soliq – korxona (tashkilot), fuqarolar daromadidan qonuniy tartibda,
belgilangan miqdor va muddatlarda budjet fondini tashkil qilish
maqsadida davlat ixtiyoriga olinadigan pul mablag‘lari.
Sof milliy mahsulot – joriy yilda yangidan yaratilgan mahsulot
bo‘lib YaMMdan amortizatsiya ajratmalarini ayirib topiladi yoki
YaIMdan amortizatsiya, chet el ishlab chiqarish omillari evaziga
yaratilgan sof daromad ayiriladi.
Sof monopoliya – tarmoqda mahsulot ishlab chiqarishda va bozorda
yagona firma hukmronlik qilishi.
Sug‘urta – moliyaviy munosabatlarning o‘ziga xos turi bo‘lib,
kutilmagan tarzda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli yo‘qotishlarning
o‘rnini qoplash uchun yaratilgan mahsulotning ma’lum bir qismidan
maxsus pul fondini tashkil etish, uni taqsimlash va ishlatish yuzasidan
qaror topadigan munosabatlar.
Sun’iy monopoliya – umumiy monopolistik manfaatni ko‘zlab,
korxonalarning birlashuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |