375
Tadbirkorlik –
risk qilgan holda, mablag‘larni samarali sarflab,
ishlab chiqarish omillarining eng optimal nisbatini topib ishga tushirish
evaziga daromad,
foyda olishga qaratilgan, insonlarga naf keltiruvchi,
iqtisodiy faoliyat yuritish.
Tadbirkorlik obyekti – eng yuqori
darajada daromad olish
maqsadida ishlab chiqarish omillari (yer, kapital, mehnat)ning eng
samarali nisbatini topib ishga tushirish.
Taklif – bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin
bo‘lgan tovar va xizmatlar.
Taklif qonuni – narxlar bilan sotiladigan
tovarlar miqdorining
to‘g‘ridan-to‘g‘ri, sabab-oqibatli, funksional bog‘lanishi.
Taklif egri chizig‘i – ma’lum bir vaqt davomida turlicha narxlar
bo‘yicha sotuvchilarning sotishi mumkin bo‘lgan
tovar va xizmatlari
miqdorining grafikda ifodalanishi.
Taklif elastikligi (egiluvchanligi) – narxning o‘zgarishi ishlab
chiqaruvchi (sotuvchi)larga qanday ta’sir qilishi, ya’ni
ularning
narxlarga ta’sirchanligini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Taqsimot – xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida resurslarni,
ishlab chiqarish omillarining egalari o‘rtasida
esa yaratilgan
mahsulotning taqsimlanishini ifodalovchi jarayon.
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi – turli ne’matlarni
talabga
qaraganda kam ishlab chiqarish natijasida tang holatga tushish.
Talab – pul mablag‘lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda
namoyon bo‘lishi yoki to‘lov qobiliyatiga ega ehtiyoj.
Talab va taklif muvozanati – xaridor sotib olmoqchi bo‘lgan tovar
miqdori bilan ishlab chiqaruvchilar
tomonidan sotiladigan tovar
miqdorining tengligi
Talab qonuni – tovar narxlari bilan talab miqdorini teskari nisbatda
sabab-oqibatli, funksional bog‘lanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: