378
Umumiy xarajatlar – ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish
uchun sarflangan doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar boshqacha aytganda
barcha iqtisodiy resurs xarajatlari.
Undirma sanoatda renta – yer qa’ridagi qazilma boyliklarning
sifati va qazib olishdagi xarajatlar farqi tufayli vujudga keladigan renta.
Foiz stavkasi effekti (samarasi) – narxlar darajasi o‘zgarishi
tufayli pulga talabning va o‘z navbatida foiz stavkasini o‘zgarishiga olib
kelishi va uning oqibatida yalpi sarflar umumiy darajasini o‘zgarishi.
Firma – bir yoki bir necha korxona
va faoliyat turini amalga
oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt.
Friksion ishsizlik – Ishsizlikning doimo mavjud turi bo‘lib, ish
qidirish va bo‘sh ish o‘rinlarini kutish bilan bog‘liq ishsizlik.
Funksional tahlil – funksional bog‘lanish, ya’ni
bir miqdorning
o‘zgarishiga qarab boshqa miqdorning o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘lanish
asosida iqtisodiyotni tahlil etish.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya –
xalqaro mehnat taqsimoti va
kooperatsion aloqalarning yuqori darajadagi bir butun xo‘jalik aloqalari
sifatida birlashuvi.
Xalqaro mehnat taqsimoti – mehnatning turli davlatlar va ularning
guruhilari o‘rtasida taqsimlanishi bo‘lib, alohida mamlakatlarning u yoki
bu turdagi tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishga
ixtisoslashuvini
anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: