Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Yalpi taklif egri chizig‘ining klassik yoki tik kemasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet276/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

Yalpi taklif egri chizig‘ining klassik yoki tik kemasi – mamlakat 
iqtisodiyotida resurslarning to‘la bandligini, talab va narxlarning 
o‘sishidan qat’i nazar, ishlab chiqarish real hajmini ko‘paytirib 
bo‘lmasligini ko‘rsatadi.
Yalpi taklif egri chizig‘ining oraliq kesmasi – mamlakat 
iqtisodiyotida resurslardan to‘la foydalana borilishi tufayli ishlab 
chiqarish hajmining o‘sishi narxlar o‘sishi bilan birgalikda yuz 
beradigan, keyns va klassik bo‘laklar orasida joylashgan kesma. 
Yashirin kelishish – firmalarning ochiq bitim tuzmay, narx va 
mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha yashirin til biriktirish vaziyati.
O‘zak tarmoqlar – milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish 
uchun eng zarur bo‘lgan resurslarni yetkazib beruvchi tarmoqlar.


381 
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi – mar-
kaziy rejalashtiriladigan ma’muriy – buyruqbozlikka asoslangan totalitar 
iqtisodiy tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning qonun - qoidalari va 
uning O‘zbekistondagi o‘ziga xos xususiyatlariga oid ilmiy qarashlar 
majmui.
O‘zgaruvchan xarajatlar – miqdori ishlab chiqarish hajmiga 
bog‘liq xarajatlar. 
O‘zlashtirish – mulkchilik mazmunini ifodalab, egalik qilish, 
foydalanish va tasarruf etish yaxlitligi.
O‘rta muddatli sikl – iqtisodiyotdagi ancha chuqur tushkunlikka 
tushib, barcha fazalarni qamrab oladigan sikl. 
O‘rtacha xarajatlar – mahsulot birligiga sarflangan xarajatlar.
O‘rtacha mahsulot – ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot(TR)ning 
o‘zgaruvchi ishlab chiqarish omillariga nisbatini ifodalaydi. Masalan, 
AR=TR/ L. 
O‘tish davri – ma’muriy buyruqbozlik tizimi o‘rniga bozor 
iqtisodiyotiga xos mexanizmni shakllantirish uchun zarur vaqt yoki 
postsotsializm.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling