380
Yalpi investitsiyalar – sof investitsiya bilan modernizatsiya (yoki
eskirgan asosiy kapitalni o‘rnini to‘ldirish) uchun yo‘naltirilgan
investitsiyalar.
Yalpi ichki mahsulot – (YaIM) deb, resurslar manbaidan qat’i
nazar mamlakat hududida yil davomida yaratilgan pirovard mahsulotlar
bozor qiymati.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) – mamlakatning resurslari (yer, ish
kuchi, kapital, tadbirkorlik) qayerda joylashtirilishidan qat’i nazar, ular
evaziga yaratilgan pirovard mahsulot (olingan daromad)dan iborat.
Yagona ta’rif setkasi – mehnat haqi bo‘yicha milliy iqtisodiyotda
band bo‘lganlarning mehnat razryadi va ular bo‘yicha
tarif
koeffitsiyenti. Har bir razryadga muvofiq gorizontal razryadlar ham
bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Yalpi talab – mamlakatda narxlarning turli darajasida iste’molchilar
sotib olishga tayyor tovar va xizmatlar hajmi.
Yalpi taklif – mamlakatda narxlarning
turli darajasidagi ishlab
chiqarishning real hajmi, ya’ni ishlab chiqaruvchilar
taklif qilishi
mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarning umumiy miqdori.
Yalpi taklif egri chizig‘ining yotiq yoki Кeyns kesmasi–
mamlakatda bo‘sh
resurslar mavjud, narx o‘zgarmagani holda milliy
ishlab chiqarishning real hajmini ko‘paytirish mumkinligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: