377
Transmilliy korporatsiyalar – jahon xo‘jaligi doirasida bir yoki bir
necha sohada hukmronlik qiluvchi,
kapitali milliy, hukmronlik qilish
doirasi xalqaro korporatsiyalar.
Tub iqtisodiy belgilar – har bir hodisa, jarayon, tizimning boshqa-
lardan ajratib turuvchi, uning sifat jihatdan farqlanishiga sabab bo‘lgan
xususiyatlarga aytiladi.
Turmush darajasi – aholini hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan
moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanganligi va zarur ne’matlar
bilan ehtiyojlarining qondirilish darajasi. Boshqacha aytganda, bunda
insonlarning hayotiy ehtiyojlarining qondirilish me’yori tushuniladi.
To‘lov balansi – ma’lum vaqt (yil) mobaynida mamlakatning
barcha
turdagi iqtisodiy aloqalari, eksporti va importi va ularning
nisbatini aks ettiruvchi iqtisodiy muvozanat.
Uzoq muddatli sikl – uzoq vaqt
davomida ishlab chiqarish
hajmining mutlaq miqdori pasayishi, iqtisodiy o‘sish sur’atini tezlashuvi
va sekinlashuvining almashib turishining uzoq muddatli tamoyili tarzida
yuz beruvchi sikl.
Uzoq muddatli muammolar – fan-texnika taraqqiyoti natijasida
qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ko‘payishi,
aholi sarflarida mazkur
tarmoq mahsulotlariga sarflarning mutlaq miqdorining nisbatan sekin
o‘zgarishi, agrar sektorda band bo‘lganlar daromadining boshqa
sohalarga nisbatan
pastligi va beqarorligi, narx paritetining sanoat
foydasiga o‘zgarishi va boshqalar sababli kelib chiqadigan nisbatan uzoq
muddatga xos muammolar.
Do'stlaringiz bilan baham: