Pul muomalasi qonuni – muayyan davrda muomala uchun zarur
bo‘lgan pul miqdori bilan yaratilgan YaMM yoki barcha sotiladigan
tovarlar va xizmatlar narxining jami summasiga to‘g‘ri, pul aylanishi
tezligiga teskari mutanosib bog‘lanish.
Pul tizimi – mazkur mamlakatning pul muomalasini qonuniy asosda
tashkil etish tartibi, usullari, ularga xizmat qilish muassasalari.
Pulga jamg‘arma, moliyaviy aktivlar sifatida talab – odam-
larning jamg‘arma (moliyaviy aktivlarning pul shaklidagi hajmi) sifatida
saqlash uchun zarur pul miqdori, foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda
o‘zgaradi.
Pulga talab – firma, korxona, uy xo‘jaligining muomala, ya’ni oldi-
sotdi bitimlari va zaxirada saqlayotgan pul mablag‘lari hajmi.
Pulning aylanish tezligi – yil davomida pul birligining tovar va
xizmatlarni sotib olish uchun necha marta ishlatilishini ifodalovchi
ko‘rsatkich.
Raqobat – iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘z manfaatlaridan
kelib chiqib yuqori daromad olish imkoniga, nufuzli mavqega ega
bo‘lish uchun boshqalar bilan bellashuvi, kurashi.
Ratsional kutish nazariyasi – Gipoteza, unga muvofiq firmalar va
uy xo‘jaliklari davlat pul-kredit va budjet siyosati orqali iqtisodiyotga
ma’lum bir darajada o‘z ta’sirini o‘tkazadi, deya kutishadi va o‘z
manfaatlaridan kelib chiqib, bu siyosatni samarasiz qilib qo‘yadigan
turli chora-tadbirlar qo‘llashadi.
Real daromad – ma’lum bir vaqt (yil) oralig‘ida nominal
daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori.
Ularning miqdori esa soliqlar, narx, nominal daromadga bog‘liq.
Real iqtisodiy muvozanat – iqtisodiyotdagi nomukammal raqobat
sharoitida tashqi omillarning ta’siri, turli cheklanishlar mavjudligi,
iqtisodiyotga ta’sir qiladigan kuchlar tufayli o‘rnatiladigan muvozanat.
374
Do'stlaringiz bilan baham: |