Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Narx tashkil topishining bozor mexanizmi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet266/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

Narx tashkil topishining bozor mexanizmi – bozor va uning aniq 
shaklidan qat’i nazar, talab va taklifning nisbati hamda raqobat asosida, 
ya’ni bozordagi vaziyatga ko‘ra narxning shakllanishi. 
Narx turlari – bozor iqtisodiyoti sharoitida bir-birini taqozo etuvchi 
turli maqsadlarda qo‘llanuvchi, turli vazifalarni bajaruvchi narxlar 
majmuiga turli jihatdan yondashib, guruhlarga bo‘linishi.
Narx urushi – raqobatdosh firmalarning oligopolistik bozorda 
bosqichma-bosqich, sekinlik bilan narxni pasaytirishi. 
Natural xo‘jalik – mahsulot ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyoj-
larini qondirishga qaratilgan xo‘jalik yuritishning yopiq shakli. 
Naflilik – xaridorning o‘z ehtiyojini qondirish, ne’matni iste’mol 
qilishdan oladigan qoniqishi.
Nominal daromad – ma’lum vaqt davomida aholi tomonidan 
olingan pul shaklidagi daromad. 
Nominal ish haqi – pul shaklida olingan ish haqi.
Nominal YaIM – mavjud bozor narxlari bo‘yicha hisoblangan 
YaIM. 
Nomoddiy boylikaholining salomatligi, madaniy-ma’naviy, 
intellektual salohiyati, to‘plagan bilimi, malaka, mahoratida ifodalangan 
boylik. 
Normal foyda – tadbirkorlik qobiliyatini ishga solishning alternativ 
qiymati. 
Normativ 
iqtisodiyot 
– iqtisodiy jarayonlarni baholab, 
iqtisodiyotda qanday tadbirlar belgilash kerakligini yoki qanday 


372 
iqtisodiy siyosat yuritish kerakligini, iqtisodiy rivojlanish maqsadini 
ko‘rsatishga asoslangan yo‘nalish.
Nufuz qonuni – aholining tabiiy o‘sishi bilan ehtiyojlarning 
qondirilish darajasi o‘rtasidagi bog‘lanish. Tomas Maltus tomonidan 
aholining qashshoq yashashiga sabab, uning o‘sishi geometrik 
progressiya, yashash uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish arifmetik 
progressiya asosida o‘sishi tufayli, deb izohlangan. 
Oligopoliya – (yunoncha ozchilik, sotaman) – ishlab chiqarish va 
bozorda uncha ko‘p bo‘lmagan, sanoqli firmalar hukmronligidir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling