Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet256/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi – mavjud iqtisodiy 
resurslardan to‘la foydalanish evaziga eng ko‘p mahsulot ishlab 
chiqarish. 
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i – mavjud resurslardan 
to‘la foydalanish evaziga turli kombinatsiyalarda eng ko‘p mahsulot 
ishlab chiqarishning grafikda ifodalanishi.


362 
Ishlab chiqarish omillari nisbati (Xeksher-Olin) nazariyasi – 
xalqaro savdo yo‘nalishi ishlab chiqarish omillarining qiyosiy narxlariga 
nisbatan shakllanishini asoslovchi nazariya. 
Ishlab chiqarish funksiyasi – ishlab chiqarish omillarining har 
qanday to‘plami bilan shu omillar yordamida eng yuqori imkoniyat 
darajasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi bog‘lanishni 
ifodalovchi funksiya. 
Ishlab chiqarish hajmi va yalpi xarajatlarni taqqoslash metodi – 
ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini yalpi xarajatlar, milliy 
mahsulotga teng bo‘lgan real sof milliy mahsulot hajmini aniqlash orqali 
hisoblanadigan usul. 
Ishsiz – mehnatga layoqatli bo‘lib, ish topa olmay mehnat bir-
jalarida ro‘yxatda turgan kishilar. 
Ishsizlik – ish kuchi taklifini unga bo‘lgan talabdan ortib ketishi 
tufayli iqtisodiy faol aholining ma’lum bir qismining ish topa olmasligi. 
Ishchi kuchi – insonning jismoniy va aqliy qobiliyati bo‘lib, uni 
insondan ajratib bo‘lmaydi. Shu qobiliyatni ijobiy ishlatilishi mehnat 
jarayoni deb ataladi. 
Iqtisodiyotni tartibga solishning klassik nazariyasiiqtisodiyot 
o‘zini-o‘zi bozor mexanizmi va bozor regulatorlari asosida tartibga 
soladi, ular yordamida mamlakat o‘z resurslarini to‘la ishga soladi. 
Iqtisodiyotni tartibga solishning monetar modeliga ko‘ra– 
(Кeynschilik)da davlatning iqtisodiyotga aralashuvi eng kam darajada
muomaladagi pul miqdorini tartibga solish doirasida bo‘lishi zarur. Bu 
narx darajasi muomaladagi pul miqdoriga bog‘liq, degan fikrni ilgari 
suruvchi va monetar qoidaga asoslanuvchi konsepsiya. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling