Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi
I bob. MILLIY IQTISODIYOT (MAКROIQTISODIYOT)NING AMAL QILISHI VA UNING QONUNIYATLARI 1-MAVZU. MILLIY IQTISODIYOT VA UNING MAКROIQTISODIY O‘LCHAMLARI 1-§. Milliy iqtisodiyot va uning o‘lchamlari Milliy hisoblar tizimi (MHT) Makroiqtisodiyot bu milliy iqtisodiyot uning alohida sektorlari va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Milliy iqtisodiyot Alohida mamlakat miqyosida mulkchilikning turli shakllariga asoslangan hamda mehnat taqsimoti orqali o‘zaro bog‘langan tarmoqlar, sohalar va infratuzilma muassasalaridan iborat iqtisodiy tuzilmadir. Iqtisodiyot sektorlari Iqtisodiyotning mulkiy tavsifiga ko‘ra alohidalashgan xususiy, kooperativ, davlat va aralash sektorlardan iborat bo‘g‘inlaridir. Jahon xo‘jaligi Xalqaro mehnat taqsimoti orqali xalqaro iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisiga aylangan alohida milliy davlatlar iqtisodiyotlari majmuasidir. Milliy iqtisodiyotning iqtisodiy o‘lchamlari makroiqtisodiy ko‘rsat- kichlarda o‘z ifodasini topadi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar milliy (yoki jahon) iqtisodiyotning holatini, faoliyat yuritishi va uning natijalarini ifodalaydi. 8 Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad va ularning o‘zgarishi; aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad va ularning o‘zgarishi; ishsizlik, inflatsiya va bandlik darajasi; iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar darajasi; nominal va real ish haqi hamda daromadlar darajasi; davlat budjeti va uning holati (taqchilligi); narxlar darajasi va uning o‘zgarishi (indeksi); savdo aylanmasi va to‘lov balansi holati; mamlakat milliy boyligi, uning tarkibi va o‘zgarishi. Makroiqtisodiy tahlil resurslarning to‘liq bandligiga erishish, inflatsiyani eng kam darajaga keltirish, ishsizlikni kamaytirish orqali makroiqtisodiy muvozanatlikni va pirovard natijada iqtisodiy o‘sishni ta’minlash muammolariga qaratiladi. Makroiqtisodiy tahlilda yaxlit iqtisodiyotga tegishli o‘rtacha miqdorlardan foydalaniladi. Bular narxlarning o‘rtacha darajasi, foizning bozor stavkasi, inflatsiya, bandlik, ishsizlikning o‘rtacha darajasi va h.k. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling