106
paxtachilik majmuasi uchun mashina va mexanizmlar ishlab
chiqarishga asoslangan qishloq xo‘jalik mashinasozligini
rivojlantirish;
murakkab ro‘zg‘or texnikasi va xalq iste’mol
mollarining
boshqa turlarini ishlab chiqaruvchi moddiy bazani kengay-
tirish;
samolyotsozlik
va avtomobilsozlik sanoatini, radioelekt-
ronika, elektrotexnika sohalarini rivojlantirish;
qishloq xo‘jaligida va agrosanoat
majmuasida chuqur
progressiv siljishlarga erishish;
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma hamda xizmat ko‘rsa-
tish sohalarining moddiy bazasini mustahkamlash.
iqtisodiyotning investitsiya bazasini rivojlantirish va chuqur-
lashtirish;
Tarkibiy o‘zgarishlar uni amalga oshirishda qaysi tarmoq va
sohalarga ustuvorlik berilishiga qarab quyidagi
yo‘nalishlarga ajratiladi:
iste’molga yo‘naltirilgan. Bunda tarkibiy o‘zgarishlarning
maqsadi aholining turmush
darajasiga bevosita daxldor
bo‘lgan tarmoq va sohalarni ustuvor rivojlantirishga
qaratiladi;
eksportga yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgarishlar. Bunda qayta
ishlovchi sanoat tarmoqlarini ustuvor rivojlantirish asosida
ishlab chiqarish hajmini eksport
hisobiga kengaytirish
ko‘zda tutiladi;
iqtisodiyotning tarmoq va texnologik
tuzilishini takomil-
lashtirishga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlar.