Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
T/N 1. Xo‘jalik tizimida muvozanatning ayrim soha va tarmoqlar miqyosida buzilishi va ularga xos tanglik tarzida yuz berishini tarmoq, soha inqirozi deb atash mumkin. Bunga pul-kredit tizimidagi inqiroz, valuta inqirozi, ekologik inqiroz, sanoat inqirozi, moliya inqirozini misol qilib keltirish mumkin. 2. Qisqa muddatli sikl o‘zgarishini tadqiq qilib, tovar zaxiralari va bank kliringi, ulgurji narxlarni o‘zgarishiga qarab xulosa chiqargan olim 136 N.D.Кondratev bo‘ladi. Shuning uchun uni Кondratev sikli, deb ham ataladi. 3. O‘rta muddatli sikl, iqtisodiyotdagina emas, ijtimoiy sohada ham barqarorlik buzilishi, iqtisodiy o‘sish turg‘unlik bilan almashinishi, siklning fazalarini namoyon bo‘lishi bilan ajralib turadi. 4. Iste’mol sarflari – yalpi sarflardagi eng beqaror unsure. Shuning uchun uning o‘zgarishiga diqqat qaratish kerak. Inqirozga olib keladi. 5. Makroiqtisodiy modellardan iqtisodiyotning o‘zgarishini ilmiy taxmin qilish uchun foydalanish mumkin. 6. Investitsiya yalpi sarflardagi eng beqaror unsur bo‘lib, iqtisodiy sikl doirasida nihoyatda katta rol o‘ynaydi. 7. Mashina va uskunalarga sarflanadigan investitsiyalar hajmi odatda, tanglik yuz berishidan avval va u yuz berib tugashiga qadar o‘zgarmaydi, to‘g‘rirog‘i ko‘paymaydi. 8. Iqtisodiy taxminlar odatda aniq bo‘lmay, shuning uchun ularning foydasi yo‘q, bekorga vaqt ketkazib, hisob-kitob qilishning zaruriyati ham yo‘q. 9. N. D. Кondratev bir uzun to‘lqinni boshqasi bilan almashuvini ishlab chiqarishning bir texnologik usuldan ikkinchisiga o‘tishi, ish kuchining sifat jihatdan o‘zgarishi, ta’limning o‘zgarishi, tashkiliy- iqtisodiy munosabatlarda tub o‘zgarishlar, boshqarishda tarkibiy inqilob yuz berishi bilan izohlaydi. 10. Inqiroz bir tomondan buzg‘unchilik, ikkinchi tomondan sog‘lomlashtirish, yaratuvchilik. Shuning uchun ham uni mashhur iqtisodchi Y.Shumpeter «Bunyodkorlik yashiringan buzg‘unchilik» deb atagan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling