Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Quyidagi javoblardan to‘g‘risini tanlang


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet97/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

Quyidagi javoblardan to‘g‘risini tanlang: 
 
a) Iste’mol tovarlariga bo‘lgan bozor talabi va takliflari muvoza-
natining buzilishi va tiklanishi; 
b) siklning to‘la bandlikka, YaIMni potensial darajasiga yaqin-
lashish, hatto undan oshib ketishi, narxlarning o‘sishi kuzatiladigan 
iqtisodiy faollik yuqori darajadagi fazasi; 
v) iqtisodiyot ancha chuqur tushkunlikka tushib, barcha fazalarni 
qamrab oladigan sikl
g) siklning ishlab chiqarish va bandlikning inqirozgacha bo‘lgan 
darajasiga yetish davri; 
d) uzoq vaqt davomida ishlab chiqarish mutlaq hajmining miqdoriy 
pasayishi, iqtisodiy o‘sish sur’atining tezlashuvi va sekinlashuvi o‘rin 
almashuvining uzoq muddatli tamoyil tarzida yuz beruvchi sikl; 
e) iqtisodiyotda yuksalishning tushkunlik bilan almashinib, takror-
lanib turishi; 
yo) turli naf keltiradigan ne’matlarni talabga qaraganda ko‘p ishlab 
chiqarib, ularni to‘la sota olmaslik natijasida tang ahvolga tushish; 
j) siklning ishlab chiqarish hajmi va bandlikni uzoq vaqt 
turg‘unlikda bo‘lish fazasi; 
z) turli ne’matlarni talabga qaraganda kam ishlab chiqarish 
natijasida tang holatga tushish
i) siklning qisqarish yoki ishlab chiqarish hajmi o‘sishi sur’atining 
pasayishi fazasi. 
Masala va mashqlar 
 
1. AQSHda 1929-yili yaratilgan YaMM 103,1 mlrd. dollardan 1933- 
yilga kelib 55,6 mlrd. dollarga, amortizatsiya 9,9 mlrd. dollardan 7,6 
mlrd. dollarga tushdi. Real YaMM 1987-yil baholarida 821,8 mlrd. 
dollardan 587,1 mlrd. dollarga qisqardi. Inflatsiya darajasi 1933-yili -
5,1%ni tashkil etdi. Ishsizlar 1,6 mln. kishidan 12,8 mln. kishiga 
ko‘paydi. Xususiy investitsiyalar 16,7 mlrd. dollardan 1,6 mlrd. 
dollargacha qisqardi. 
Tushkunlik 1940-yilga kelibgina to‘xtatildi. 1933-yilda 1929-yilga 
nisbatan YaMM, (joriy va 1987-yil o‘zgarmas narxlarida) amortizatsiya, 
ishsizlar, investitsiya qanchaga qisqarganini hisoblang. Nima sababdan 
bu tanglik tarixga «Buyuk depressiya» nomi bilan kirgan? Izohlang. 


135 
2. Respublikamizda 1995-yili joriy baholarda YaMM hajmi 302,8 
mlrd. so‘mni tashkil qilib, sanoat mahsuloti 51,7 mlrd. so‘mni, 
qurilishniki 21,5 mlrd. so‘m bo‘lgan. 2003-yilga kelib, YaMM 9664,1 
mlrd. so‘mni sanoat mahsuloti 15%, qurilishniki 4,5%ni tashkil etgan. 
1995-yilda YaMMda sanoat va qurilishning hissasini toping. 2003-yil 
bilan taqqoslang. Ularga asoslanib, sanoat va qurilishda tarkibiy tanazzul 
ro‘y bergan deb ayta olamizmi? 
YaMMda sanoat va qurilishning ulushini oshirish uchun hukumat 
tomonidan qanday chora-tadbirlar ko‘rilmoqda? 
3. Mamlakatda o‘rtacha xizmat ko‘rsatishdan kunlik tushum 68 mln. 
so‘mni tashkil etar edi. Yangi yil bayramidan 15 kun avval tushum 
kuniga o‘rtacha 2%dan o‘sib borib, 30-dekabrda o‘rtacha 30%ga ortdi. 
Ayniqsa, chakana savdo umumiy xizmatlarning 80%ini tashkil etishini 
hisobga oladigan bo‘lsak, o‘sishning asosiy qismi ham chakana savdoga 
to‘g‘ri keladi.
Savdoning o‘sishi ishlab chiqarish hajmini oshirib, talabga mosla-
shishga undadi. Agar xizmatlarga talabning o‘sishida savdoning ulushi 
80% desak, 30-dekabrga kelib kunlik tovar aylanmasi qancha bo‘lganini, 
hisoblang. Bu holatga ko‘ra, iqtisodiyot siklning yuksalish fazasiga 
o‘tdi, deb ayta olamizmi? 
Mavsumiy, vaqtinchalik tebranishlar sikllardan qanday farqlanadi? 
4. Quyidagilarni diqqat bilan o‘qing. Tushunchalar ichida guruhga 
taalluqli bo‘lmaganini aniqlang va uni ro‘yxatdan chiqaring. Sababini 
izohlang.
Tushunchalar: pul-kredit inqirozi, valuta inqirozi, moliyaviy 
inqiroz, birja inqirozi, ekologik inqiroz, o‘rta muddatli Кliment Juglyar 
sikli, tarmoqlar inqirozi, agrar inqiroz, struktura-tarkibiy inqiroz.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling