Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
Masala va mashqlar 1. Bitim tuzish uchun mo‘ljallangan har bir so‘m, yil davomida o‘rtacha 5 marta aylanadi va tovar xizmatlar sotib olish uchun sarf- lanadi. YaMMning nominal hajmi 9664 mlrd. so‘mni tashkil etsin. Bitimlar uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlang. Muomala uchun zarur pul miqdori qanday omillarga bog‘liq? 2. Pulga jamg‘arma tarzidagi talab turli foiz stavkalarida quyidagicha bo‘lsin. Foiz stavkasi Pulga talab mlrd. so‘m Jamg‘arma sharoitida Umumiy 30 25 20 15 10 50 70 90 130 150 Agar bitimlar uchun pulga talab 1932,8 mlrd. so‘m bo‘lsa, pulga umumiy talabni hisoblang. 187 Pul muomalasini tartibga solishda sizningcha qanday choralar qo‘llagan ma’qul. Pulga talab va uning tarkibi qanday pul turida ifodalanishi rol o‘ynaydimi? 3. Muvozanatli foiz stavkasi 10% bo‘lganda jamg‘arma sifatidagi pulga talab 150 mlrd. so‘m edi. Foiz stavkasi 12%ga ko‘tarilgach, uning miqdori 2%ga kamaydi. Shu bilan birga YaIM hajmi avvalgi 900 mlrd. so‘mga nisbatan 200 mlrd. so‘mga ko‘paydi. Pulning aylanish tezligi 5 bo‘lgani holda, pulga umumiy talab qanday o‘zgaradi. Hisoblang. Pulga talab va taklif muvozanatining buzilishi qanday oqibatlarga olib keladi, izohlang. 4. Inflatsiyaning giperinflatsiyadan farqi nimada? Bu tushunchalarni farqlashga iqtisodchilar o‘rtasida shunday latifa bor. Inflatsiya kuchayib borayotgan sharoitda siz bir sumka to‘la qog‘oz pul bilan maosh oldingiz. Uyga qaytayotganda pulni tashqarida qoldirib, telefon avtomatdan tanishingizga qo‘ng‘iroq qilish uchun to‘xtadingiz. Agar gaplashib bo‘lib, kabinadan chiqqaningizdan so‘ng bo‘sh xalta yotganini ko‘rsangiz – bu inflatsiya. Agar pullar yerda sochilib yotib, sumkani o‘g‘irlab ketgan bo‘lishsa, bu giperinflatsiya. Siz ana shu latifani iqtiso- diyot nazariyasi nuqtayi nazaridan qanday izohlagan bo‘lar edingiz? 5. Inflatsiya jarayonining boshlanib ketishiga nima sabab bo‘ldi, pul massasini ko‘payishimi yoki narx o‘sishi? a) mamlakatda muomaladagi pul massasi 90 mlrd. so‘mdan 1,4 trillion so‘mga ko‘paydi. Yaratilgan YaMM darajasi o‘zgarmadi. b) narx darajasi 1,4 martaga o‘sdi. U o‘z navbatida muomala uchun qo‘shimcha pul massasini talab qiladi. Javobingizni izohlang. 6. Oltinchisi ortiqcha. Quyidagilarni diqqat bilan o‘qing. Tushunchalar ichida guruhga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlang va uni ro‘yxatdan chiqaring. Sababini izohlang. Tushunchalar: pulini noyob narsalarga sarflaganlar; tovarlar, qimmatbaho qog‘ozlar, valuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi vositachilar; kredit olgan iqtisodiy agentlar va jismoniy shaxslar; puliga ko‘chmas mulk sotib olganlar; kam daromad oluvchilar; pulini qadrli valutalarga almashtirganlar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling