Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
Masala va mashqlar 1. Aytaylik, «Alfa» korxonasi kiyimlik materiallari ishlab chiqaradi. U 50 mln. so‘m turadigan 5 dona to‘quv stanogini sotib olishi kerak. Bunday stanoklarni «Beta» korxonasi ishlab chiqaradi. Bu stanoklarni sotib olish uchun «Alfa» korxonasining o‘z mablag‘i yo‘q. Beta korxonasida esa ortiqcha mablag‘lar bor. Quyidagi vaziyatlar bo‘lishi mumkin: a) Beta korxonasi «Sanoat-qurilish banki»dagi o‘z hisob raqamiga 50 mln. so‘m qo‘yadi. Bu summani «Alfa» korxonasi shu bankdan kredit shaklida oladi; b) Beta korxonasi «Alfa» korxonasiga 3 dona stanokni to‘lov muddatini cho‘zish sharti bilan beradi. Har ikki variantga ko‘ra kredit shaklini ko‘rsating. Yana qanday kredit shakllarini bilasiz? Кo‘rsating. 2. Ipoteka banki «Sardor» fermer xo‘jaligiga yillik ssuda foizi stavkasi 20 foiz hisobidan bir yil muddatga 1 mln. so‘m qarz berdi. Fermer xo‘jaligi kredit uchun qancha haq to‘lashi kerak. Ssuda foizi nima va uni kim to‘laydi? 3. Agrobank yillik 20 % bank foizi to‘lash sharti bilan o‘z pullarini «Hosil» omonatiga qo‘yishni reklama qildi. Oddiy miqdori ko‘rsatil- magan omonat foizi 10%. Feruzaning 500 ming so‘m puli bor. U pulini qaysi omonat shakli bo‘yicha bankka qo‘ygani ma’qul? Unga siz qanday maslahat bergan bo‘lar edingiz? Bank foizi nima? Nima sababdan bank yuqori foiz to‘lashni ixtiyor qilayapti? Fikringizni izohlang. 4. Quyidagilarni o‘qing, ularning har biri qanday kredit munosobatlarini ifodalashini ko‘rsating: 1) yosh oila uy qurish uchun bankdan 5 yil muddatga qarz oldi; 2) davlat budjet taqchillikni qoplash uchun obligatsiyalar chiqardi; 3) avtomobil g‘ildiraklarini ishlab chiqaruvchi korxona O‘zDEUga 1000 dona mahsulotini pulini keyinroq to‘lash sharti bilan qarzga berdi; 240 4) «To‘ytepa-tekstil» korxonasi ishlab chiqargan mahsulotiga talabgor korxonalardan qarz oldi. 5) talaba o‘qish uchun shartnoma xarajatini qoplash maqsadida bankdan 500 ming so‘m qarz oldi; 6) fermer traktor sotib olish uchun uyini garovga qo‘yib, bankdan 10 mln. so‘m kredit oldi; 7) tadbirkor mahalla kengashi kafolati bilan o‘z aylanma mablag‘- larini to‘ldirish uchun bankdan kredit oldi; 8) O‘zbekiston hukumati Toshguzar – Boysun - Qumqo‘rg‘on temir yo‘li qurilishi uchun xalqaro valuta fondidan 500 mln. dollar qarz oldi. 5. Mamlakat banklaridagi depozitlar (mijozlarning bankka qo‘ygan puli) 211,6 mld. so‘m. Undan 13,4 mlrd. so‘mi MB da majburiy zaxira sifatida saqlanishi zarur. Majburiy zaxira normasi, pul multiplikatori, muomalada naqd bo‘lmagan pullarning eng yuqori darajadagi umumiy miqdorini hisoblang. Majburiy zaxiralar muomoladagi pul massasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini izohlang. 6. Mamlakat mijozlarining tijorat banklaridagi pullari 215 mlrd. so‘m. MB majburiy zaxira normasini 15% dan 20% ga ko‘tardi. Majburiy zaxira summasi miqdori, pul multiplikatori va muomalada eng yuqori darajada qancha naqd bo‘lmagan pullar yaratilishi mumkinligini hisoblang. Pul multiplikatori nima? Muomaladagi pul miqdorini MB yana qanday usullar bilan tartibga soladi, izohlang. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling