Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet179/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

 
 
 
10-MAVZU. IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHDA 
DAVLATNING ROLI 
 
1-§. Bozor iqtisodiyotini tartibga solish zarurligi va uning amalga 
oshirilishi to‘g‘risidagi nazariy qarashlar 
Milliy xo‘jalikda makroiqtisodiy muvozanatlikni ta’minlab borish va 
uning samarali faoliyat qilishiga erishish iqtisodiyotni tartibga solishni 
zarur qilib qo‘yadi. 
Iqtisodiy fanda davlatning iqtisodiyotdagi rolini cheklash va uni 
tartiblashda bozor mexanizmiga ustuvorlik berish masalasi birinchi 
marta A. Smit tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan («Xalqlar 
boyligining tabiati va sabablari xususida tadqiqot» asarida) 
*
O‘z-o‘zini tartibga solishning bozor mexanizmlariga 
amal qilishi. 
* Iqtisodiyotni markazlashgan tarzda ma’muriy usullar 
yordamida tartibga solish
* Davlatning aralashuvini bozor mexanizmlari bilan 
uyg‘unlashtirish orqali iqtisodiyotni tartibga solishga 
erishish
Iqtisodiyotni tartibga solish yo‘llari 
 
Bozorni tartibga solishga davlat aralashmasligi lozim. 
Uning vazifasi: tinchlikni saqlash, me’yorida soliqlar 
belgilash, adolatli sud qilishni ta’minlashdir. 
Bozorni tartibga soluvchi asosiy kuch – bu «ko‘rinmas 
qo‘l», ya’ni talab, taklif va raqobat. 
Bozor o‘z-o‘zini boshqaradi. Buni bozor talabi va tovar 
taklifining o‘zaro bog‘liqligi ta’minlaydi. 
A.Smitning iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi 
xususidagi uchta asosiy qoidasi 


252 
 
 
 
A.Smitning «Tinch qo‘yish» nazariyasi 1929–1933-yillarda 
bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab 
olgan iqtisodiy inqiroz davrida o‘zini oqlamadi va tanqidga uchradi.
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish to‘g‘risidagi qarash Djon 
Meynard Кeynsga tegishli. U «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy 
nazariyasi» (1936y.) kitobida iqtisodiy inqiroz va ommaviy ishsizlik 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvini taqozo qilishini qayd qiladi. Shu sa-
babli davlat fiskal va monetar tartibga solish vositalaridan foydalanib
jamiyatning yalpi talabini rag‘batlantirishi va aholining ish bilan bandligini 
ta’minlashi zarur degan g‘oyani ilgari suradi.
J. Кeyns fikriga ko‘ra davlat «samarali talab»ni rag‘batlantirish 
vazifasini milliy xo‘jalikka investitsiyalar qo‘yish va davlat sarflarini 
ko‘paytirish orqali bajaradi hamda bu bandlik va korxonalar foydasi 
o‘sishiga olib keladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling