Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Yalpi taklif egri chizig‘i


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

Yalpi taklif egri chizig‘i 
Yalpi taklif egri chizig‘i iqtisodchilar tomonidan uzoq muddatli va 
qisqa muddatli davr uchun alohida-alohida o‘rganiladi. 
 
2.2-grafik 
LRAS –uzoq muddatli davrda yalpi
taklif;
SRAS-qisqa muddatli davrda yalpi
taklif. 
Yalpi taklif egri chizig‘i uzoq muddatli davrda vertikal chiziq tarzida 
gavdalanadi. Bu chiziq mamlakat iqtisodiyoti subyektlari tomonidan 
shu muddatda mavjud ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalangan 
holda barcha ishlab chiqarish resurslarini iloji boricha samarali 
ishlatgan holdagi erishgan ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatadi. 
Qisqa muddatli davr uchun yalpi taklif egri chizig‘i iqtisodchilar 
tomonidan uch bo‘lakka bo‘lib o‘rganiladi: yotiq, oraliq va tik kesma.
Narxlar 
darajasi 
Real YAIM 


43 
Yalpi taklif egri chizig‘ida kesma(bo‘lak)lar milliy ishlab 
chiqarish real hajmi va narx darajasi o‘zgarishining turli nisbatlarini 
ko‘rsatadi.
1. Yotiq kesma yoki Кeyns bo‘lagi. U milliy iqtisodiyot inqiroz 
yoki turg‘unlik holatida ekanligi, ishsizlik va bo‘sh resurslar mav-
judligi, narx darajasi o‘zgarmagani holda milliy ishlab chiqarishning 
real hajmini ko‘paytirish mumkinligini ko‘rsatadi. 
2. Oraliq kesma milliy ishlab chiqarish real hajmining o‘zgarishi 
narx darajasining o‘zgarishi bilan birga borishini aks ettiradi. 
Iqtisodiyot o‘zining to‘la imkoniyat darajasiga yaqinlashib boradi. 
Ammo ish bilan bandlik barcha tarmoqlarda bir tekisda bo‘lmaydi. 
Iqtisodiyotning resurslar to‘la bandligiga yaqinligi ish haqi va 
narxlarga bosim ko‘rsata boshlaydi. 
3. Tik kesma yoki klassik bo‘lak. Bunda iqtisodiyot mavjud 
resurslarning to‘la bandligi bilan tavsiflanadi. Talab va narxlarning 
o‘sishidan qat’i nazar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirib bo‘lmaydi, 
sababi bo‘sh resurslar yo‘q. Mavjud resurslar narxlarining ortishi, 
ularni qayta taqsimlashga olib keladi. Real ishlab chiqarishning hajmi 
o‘zgarmaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling