44
Unumdorlik
=
Ishlab
chiqarish real hajmi
Iqtisodiy xarajatlar
Unumdorlikning o‘sishi yalpi taklifni oshiradi,
uning pasayishi,
ya’ni xarajat birligi hisobiga mahsulot chiqarishning kamayishi yalpi
taklifning qisqarishiga olib keladi.
Huquqiy normalarning o‘zgarishi. Bu mahsulot birligiga to‘g‘ri
keladigan xarajatlarni va yalpi taklif hajmini o‘zgartirishi mumkin. Hu-
quqiy normalar o‘zgarishining ikki turini misol qilib keltirish mumkin:
a) soliq stavkalari va subsidiyalar hajmining o‘zgarishi;
b) davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish usullarining o‘z-
garishi.
3-§. Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati
AD va AS egri chiziqlarining kesishish nuqtasi (1-chizma). Iqtiso-
diyotda mahsulot chiqarishning muvozanatli hajmini va narxning
muvozanatli darajasini ko‘rsatadi.
AD egri chizig‘i AS egri chizig‘ini yotiq kesmada kesib o‘tganda,
narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining shakl-
lanishida hech qanday rol o‘ynamaydi.
Oraliq kesmada yalpi talabning kengayishi
ishlab chiqarish real
hajmining ko‘payishiga va narx darajasining oshishiga olib keladi.
Yotiq kesmada yalpi talab kamaysa,
ishlab chiqarish real hajmi
kamayadi, narx darajasi esa o‘zgarishsiz qoladi.
Oraliq va tik kesmada yalpi talab qisqarganda, narx
pasayish tamo-
yiliga ega bo‘lmasligi mumkin. Iqtisodchilar bunday holatni xrapovik
samara deb ataydi (xrapovik g‘ildirakning orqaga emas, faqat oldinga
harakat qilishiga yordam beradi). Xrapovik samara shunga
asoslanadiki, narx osonlik bilan o‘sadi,
lekin qiyinchilik bilan
pasayadi. Shu sababli yalpi talabning o‘sishi narx umumiy darajasini
ko‘taradi, lekin talab kamayganda qisqa
davrda narx pasaymasligi
mumkin.