Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
Masala va mashqlar
1. 2012-yilda YaIM 5000 birlikni tashkil etdi. Yalpi talab AD egri chizig‘i Y= 6250 - 2R tengligida ifodalangan. Yil davomida YaIM 2,5% ga o‘sdi. Yalpi talab egri chizig‘i esa Y= 6375-2R ko‘rinishini oldi. Yil davomida muvozanatli narx darajasi o‘zgaradimi. Narx darajasini o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 2. 2012-yilda YaIM 1500 birlik edi. 18750 - 3R yalpi talab egri chizig‘ini ifodalaydi. Yil davomida YaIM 4% ga o‘sdi. Yalpi talab egri chizig‘i esa 21900 - 3R ko‘rinishini oldi. Yil davomida muvozanatli narx darajasi o‘zgaradimi, yo‘qmi aniqlang. Yalpi talab egri chizig‘i ko‘rinishida bo‘lishi sababini izohlang. 3. Mamlakatda real ishlab chiqarish hajmi bilan uni yaratish uchun zarur resurslar hajmi quyidagicha bo‘lsin: Resurslar miqdori Real yalpi ichki mahsulot 1 300,0 800 2 225,0 600 3 150,0 400 48 Quyidagilarni hisoblang: a) Iqtisodiyotdagi resurslar unumdorligi qanday? b) resurslar birligining narxi 5000 so‘m deb faraz qilinsa, bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun xarajatlar qanday o‘zgaradi? d) agar resurslar narxi 5000 so‘mdan 7500 so‘mga yetsa, unum- dorlik o‘zgarmagani holda, mahsulot birligiga sarflanadigan ishlab chiqarish xarajatlari qanday o‘zgarishini hisoblang; e) yalpi taklif egri chizig‘i narx ortishi bilan qaysi tomonga siljiydi? Кo‘rsating. 4. Mamlakatda 1000 birlik real yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish uchun 400 birlik resurslar sarflandi, resurslar narxi 8000 so‘m bo‘lsin, deylik. Narx o‘zgarmay, resurslar unumdorligi 2 barobar o‘sdi. Bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan xarajatlar qanday o‘zgaradi? U taklif egri chizig‘ini qanday o‘zgartiradi? Narx va ishlab chiqarishning real hajmini-chi? 5. t - yilda potensial yalpi milliy mahsulot miqdori 500000 birlik bo‘ldi. AD yalpi talab egri chizig‘i Y = 635000 - 2R tenglamasida ifodalanadi. t n - yili potensial yalpi ichki mahsulot 2,5% o‘sdi. Yalpi talab egri chizig‘i tenglamasi Y = 647500 - 2R ko‘rinishini oldi. t n - yili muvozanat narxi darajasi o‘zgaradimi? Masalani yechish: t - yili narx darajasi quyidagicha bo‘lgan: (S+I+G+X) = Y; 635000 - 2R = 500000; 135000 = 2R; R = 67500; Agar potensial yalpi ichki mahsulot t n - yili 2,5% ko‘paysa, u holda: Y t = (Y n + 2,5% x 500000 : 100%) = (500000 + 12500) = 512500; Y t = 512500; Yangi tenglama quyidagicha Y i = A Di : 512500 = 647500 - 2R; 2R = 647500 – 512500; R = 67500; Muvozanat narx darajasi o‘zgarmagan. Shunga o‘xshash masala tuzib yeching. 6. Beshinchisi ortiqcha. Quyidagilarni diqqat bilan o‘qing. Ulardan qaysi biri ortiqcha va nima sababdan? Кo‘rsating. 49 Tushunchalar: iste’mol xarajatlarining o‘zgarishi, investitsion xara- jatlarning o‘zgarishi, davlat xarajatlaridagi o‘zgarishlar, resurslar narxining o‘zgarishi, sof eksport xarajatlarining o‘zgarishi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling