Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
T/N 1. Yalpi talab va taklifga ta’sir qiluvchi, iqtisodiyotning muvozanat holatiga qattiq zarba berib, uni o‘zgartiruvchi yoki izdan chiqaruvchi hodisalar iqtisodiy shoklar deb ataladi. 2. Jahon bozorida paxta tolasiga talabning ortishi O‘zbekistondan paxta tolasi eksportini o‘sishiga olib kelishini Respublika iqtisodiyo- tidagi ijobiy shok sifatida ko‘rish mumkin. Natijada talab egri chizig‘i o‘ngga siljiydi. 3. Yangi standartlarning qabul qilinishi yengil va yuk avtomo- billarini ishlab chiqarish uchun o‘rtacha xarajatlarning 5% ortishiga olib keldi. Atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ko‘rilgan bu chora ular- ning qiymatini oshiradi, iste’molchilar uchun ham ishlab chiqaruvchilar uchun ham xarajatlarni ko‘paytiradi. Real yalpi ichki mahsulot kamayadi, taklif egri chizig‘i chapga siljiydi. 4. Qulay ob-havo sharoiti bug‘doy hosildorigining keskin ortishiga olib keldi. Yaqin 40 yil ichida bunday bo‘lgani yo‘q edi. Bug‘doyga talabning noegiluvchanligini hisobga olsak, oziq-ovqat sanoatining ko‘pgina tarmoqlarida narx yuqori bo‘ladi. Taklif egri chizig‘i chapga siljiydi. 5. Bir nechta yapon firmalari O‘zbekistonda korxonalar ochishdi. Talab va taklif egri chizig‘i o‘ngga siljiydi. 6. Hukumat xarajatlarining o‘sishi yalpi talab AD ni kamayishiga olib keladi. 7. Davlat ta’lim, sog‘liqni saqlash, kam ta’minlangan oilalar uchun uy-joy qurish dasturini qabul qilib, amalga oshirishni boshladi. U yalpi talabning o‘sishiga olib keladi. 8. Кeynschilarning fikriga ko‘ra narx va ish haqi faqat o‘sish nuqtayi nazaridan egiluvchan, pasayish tomonga esa noegiluvchanligi va korporatsiyalarning monopol mavqei va kasaba uyushmalarining ish haqini pasaytirmaslik, uni oshirish uchun qilingan harakatlari bilan izohlanadi. Shuning uchun ular faqat bir tomonga, barqaror o‘sish tamoyiliga ega, xuddi «xrapovik»ka o‘xshab, deb ko‘rsatishadi. 50 9. Agar, iqtisodiyot oraliq kesma holatida bo‘lsa, yalpi talabning or- tishi, narxning o‘sishiga hamda ishlab chiqarish hajmining o‘zgarmas- ligiga olib keladi. 10. Mamlakat iqtisodiyoti klassik, tik kesma holatida bo‘lsa, talabning ortishi faqat resurslarning qayta taqsimlanishiga olib keladi, real YaIM hajmi o‘zgarmaydi. 11. Yalpi talabni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan siyosat doimo inflatsiyaga olib keladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling