39
2-MAVZU. YALPI TALAB VA YALPI TAКLIF
NAZARIYASI
1-§. Yalpi talab va unga ta’sir qiluvchi omillar
Yalpi talab
(agregate demand) milliy
iqtisodiyot miqyosida narx-
larning mavjud o‘rtacha darajasida iste’molchilar sotib olishga
tayyor
bo‘lgan
pirovard
tovar va xizmatlar hajmidir.
Yalpi talabning tarkibi:
1. Uy xo‘jaliklarining iste’mol tovarlari va xizmatlarga talabi.
2. Кorxonalarning investitsion tovarlarga talabi.
3. Davlatning iste’mol va investitsion tovarlarga talabi.
4. Chet mamlakatlarning talabi.
Yalpi talab egri chizig‘i
2.1-grafik
Yalpi talab egri chizig‘i (AD) narxning o‘rtacha
darajasi bilan
milliy ishlab chiqarishning real hajmi o‘rtasidagi
teskari mutanosib
bog‘lanishni ifodalaydi.
Narx
darajasi
Real yalpi ichki mahsulot (YaIM)
40
Yalpi talab bilan narx darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshi
bog‘lanishni izohlovchi omillar:
Pul miqdori. Pul taklifi (miqdori) doimiy bo‘lganda narx o‘sishi
yalpi
talabni qisqartiradi, narx pasayganda esa yalpi talab ortadi.
Buning oddiy ifodalanishi:
MV = PQ, bu yerda :
M – iqtisodiyotdagi
pul miqdori;
V – pulning aylanish tezligi;
P – narx
darajasi;
Q – talab bildirilgan ishlab chiqarishning real hajmi.
Do'stlaringiz bilan baham: