Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1993-yilgacha – YaMM
Makroiqtisodiy modellar – iqtisodiyot va unda ro‘y beradigan
real voqelikning mantiqiy (nazariy), miqdoriy (matematik) va grafik o‘lchamlarda abstrakt tasvirlanishidir. Makroiqtisodiy modellar: Doiraviy oqimlar (aylanishlar) modeli; yalpi talab va yalpi taklif (AD-AS) modeli; tovarlar miqdori va pul massasi (MV=PQ); Fillips, Laffer egri chiziqlari. Milliy hisoblar tizimi (MHT) ikki tomonlama yozuv qoidasiga asoslangan balanslashgan jadvallar to‘plami bo‘lib, unda makrodarajadagi bir iqtisodiy bitim natijalari ham xarajatlar va ham daromadlar sifatida aks etadi. MHT BMTning statistika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan standartlarni o‘z ichiga olib, ular standart hisoblar va asosiy makro- iqtisodiy ko‘rsatkichlardan iboratdir. 9 MHTning bosh ko‘rsatkichi 1993-yilgacha – YaMM bo‘lib, uning barcha bosqichlaridagi harakati bo‘yicha ma’lumotlar MHT orqali hisobga olingan.. 1993-yildan boshlab, Milliy hisoblar tizimining markaziy ko‘r- satkichi – yalpi ichki mahsulot (YaIM) bo‘lib, yalpi milliy mahsulot uning ikkinchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichidir. Boshqa tomondan, yalpi ichki mahsulot yalpi milliy mahsulotning ma’lum modifikatsiyasidir. MHT g‘oyasining vujudga kelishi, ishlab chiqilishi va amalga oshirilish bosqichlari. Milliy hisoblarning dastlabki uslubiy asoslari F.Кene tomonidan ijtimoiy takror ishlab chiqarishning natural va qiymat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi nisbatlar nuqtayi nazaridan ilgari surilgan. MHTning nazariy asoslarini yaratish va uni ishlab chiqishga J.Кeyns, A.Bouli, J.Кlark, S.Кuznes, R.Stoun, R.Frish kabi iqtisod- chilar katta hissa qo‘shgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining statistika byurosi «Milliy daromadni aniqlash va Milliy hisobni tashkil qilish» to‘g‘risidagi ma’- ruzasini e’lon qilgan (1947y.) hamda shu asosda R.Stoun rahbarligida rivojlangan mamlakatlar tajribasi hisobga olinib MHT ishlab chiqilgan. Milliy hisoblar standart tizimi BMT statistika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilib, 1953-yildan boshlab qo‘llanila boshlagan. 1968-yilda MHTning ancha takomillashgan andozasi kiritilgan. Unda xarajatlar va ishlab chiqarish jadvali, moliyaviy hisobot, bozor va nobozor sektorlar ajratib ko‘rsatilgan. 1993-yilda BMT MHTning takomillashgan yangi standartini tasdiqlagan. Unda iqtisodiyot sektorlari, standart hisoblar va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning nomlanishi birmuncha o‘zgartiril- gan. MHTning asosiy kamchiligi – bu milliy ishlab chiqarishning umumiy natijasi hisoblangan YaIM (YaMM) real hajmi oshishi yoki kamayishini taqozo qiluvchi bir qator omillarning oqibatlarini hisobga olmaydi. Bular: bozordan tashqarida amalga oshiriladigan operatsiyalar. Masalan, uy bekasi va shaxsiy uy ta’miri bilan shug‘ullanuvchi duradgor mehnatining natijalari; 10 bo‘sh vaqtning ko‘payishi hisobiga farovonlik darajasining ortishi. Jumladan, haq to‘lanadigan ta’til va bayram kunlari ko‘payishi oqibatida; mahsulot sifat tavsifi yaxshilanishi; alohida shaxs va oilalar turmush darajasidagi o‘zgarishlar; suv, havo va atrof-muhitning ifloslanishi; yashirin (xufyona) iqtisodiyot faoliyatining natijalari. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling