Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
-§. Yalpi ichki mahsulot (YaIM), yalpi milliy mahsulot (YaMM)
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pirovard mahsulot
2-§. Yalpi ichki mahsulot (YaIM), yalpi milliy mahsulot (YaMM)
va uning harakat shakllari Yalpi ichki mahsulot (YaIM), resurslar manbaidan qat’i nazar mamlakat hududida barcha subyektlar (milliy va chet ellik) tomonidan yil davomida yaratilgan pirovard mahsulot qiymatidir. Yalpi milliy mahsulot (YaMM) mamlakatning resurslari (yer, mehnat, kapital, tadbirkorlik) qayerda joylashtirilishidan qat’i nazar, ular evaziga yaratilgan pirovard mahsulot qiymati (olingan daromad)dan iborat. YaIM (YaMM) yillik ishlab chiqarishning bozor qiymati hisoblanib, u o‘z tarkibiga joriy yilda sotilgan tovarlar (xizmatlar) va zaxirada bo‘lgan barcha mahsulotlarni oladi. Pirovard mahsulot deganda sotish yoki qayta ishlov berish uchun emas, balki pirovard iste’mol qilish uchun sotib olingan mahsulot (tovarlar va xizmatlar) tushuniladi. Pirovard mahsulot, ya’ni iste’mol uchun sotib olingan tovar va xizmatlar bozor qiymati joriy bozor baholarida hisoblanadi. YaIM (YaMM) qiymat ko‘rsatkich bo‘lganligi sababli, turli yillarda ishlab chiqarilgan va tarkibi bo‘yicha har xil tovar (xizmat)lar hajmini qiyosiy taqqoslash imkonini beradi. Masalan: iqtisodiyotda birinchi yili 3 ta apelsin va 2 ta olma, ikkinchi yili 2 ta apelsin va 3 ta olma ishlab chiqarilgan deb faraz qilsak, ularning qiymatini baholamasdan qaysi yili ishlab chiqarish hajmi kattaligini aniqlash mumkin emas. 11 Yil Yillik ishlab chiqarish hajmi Bozor qiymati 1. 3ta apelsin va 2 ta olma 3tasi 200 so‘mdan+2tasi 300 so‘mdan=1200 so‘m. 2. 2ta apelsin va 3 ta olma 2tasi 200 so‘mdan+3tasi 300 so‘mdan=1300 so‘m YaIM (YaMM) hajmini hisoblab chiqishda faqat pirovard mahsulotlar bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar qiymati esa hisobga olinmaydi. Pirovard mahsulot bu unumli va shaxsiy iste’mol uchun tayyor bo‘lgan hamda shu maqsadda sotib olinadigan tovarlardan iborat bo‘ladi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmida oraliq mahsulotlar va ushlab turilgan tovarlarni sotish (qayta sotish) qiymati hamda unumsiz va sof moliyaviy bitimlar summasi hisobga olinmaydi. Oraliq mahsulot – qayta ishlash, ishlov berish va qayta sotish maqsadida sotib olingan moddiy qimmatliklar (xomashyo, material va hokazo) hamda tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy buyum- lashgan qismi. YaIM (YaMM) hajmini aniqlashda unumsiz bitimlar hisobiga olinmaydi. Unumsiz bitimlar – bu davlat budjetidan beriladigan trans- fert to‘lovlari (pensiya, nafaqa, stipendiya), dotatsiyalar, subsidiyalar hamda pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlarning harakati. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling