70
V) kapital qaytimi o‘sadi;
S) aholi jon boshiga milliy daromad o‘sadi;
D) mamlakatning milliy boyligi ortadi;
E) kapital samaradorligi ortadi.
7. Iqtisodiy o‘sishning sifat darajasini qanday ko‘rsatkichlar
orqali ifodalab bo‘lmaydi?
A) bir-birlik qo‘shimcha milliy daromad
yaratish uchun sarflangan
xarajatlar kamayib borsa;
V) 1% iqtisodiy o‘sishga erishish uchun sarflangan xarajatlarning
o‘zgarishi ro‘y bersa;
S) mehnat unumdorligining o‘zgarishi sodir bo‘lsa;
D) mamlakatning tabiiy-geografik joylashuvi o‘zgarsa;
E) iqtisodiy o‘sishga erishish uchun sarflangan kapital miqdori ortsa.
8. Agar ishlab chiqarish omillari 1,5 baravarga, milliy daromad
ham 1,5 baravarga o‘ssa, u holda...
A) ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra
doimiy samaradorlik;
V) ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra o‘suvchi samaradorlik;
S) ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra
pasayuvchi samaradorlik;
D) ishlab chiqarish miqyosida ijobiy o‘zgarish;
E) ishlab chiqarish miqyosida salbiy o‘zgarish kuzatiladi.
9. Iqtisodiy o‘sishning intensiv omillariga kiradi:
A) band bo‘lgan ishlovchilarning soni ortishi;
V) mehnat unumdorligining ortishi;
S) ishlab chiqarish maydonlarining kengayishi;
D) mavjud texnologiya darajasida investitsiya hajmining o‘sishi;
E) mavjud uskunalar miqdorining ortishi.
10. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy o‘sishning intensiv
omiliga kirmaydi?
A) fan-texnika taraqqiyoti
yutuqlaridan foydalanish;
V) yer, ishlab chiqarish maydonini ko‘paytirish;
S) ishchilarning malakasini oshirish;
D) mehnat
unumdorligini oshirish;
E) material sig‘imini pasaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: