132
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozning holati va oqibatlari
yirik rivojlangan mamlakatlarning ko‘p
yillar davomida davlat
budjeti taqchilligi va
salbiy tashqi savdo balansiga egaligi;
davlat
tashqi qarzi miqdorining YaIMga nisbatan o‘sish
sur’atlarining jadallashishi;
noratsional
pul-kredit siyosati hamda qayta moliyalash
stavkasining surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida
qarzga yashash odatga va kundalik holatga aylanishi;
ipoteka kreditlari berish talablarining asossiz bo‘shashtirib
yuborilganligi va
uy-joy bozorida narxlarning qisqa muddat
ichida keskin o‘sishi;
moliyaviy
institutlarning majburiyatlariga nisbatan ustav
mablag‘lari mutanosibligini keskin buzilishi;
qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha reyting
tashkilotlari tomonidan
soxta xulosalar berilishi;
moliyaviy
audit va professional etika tamoyillarining buzilishi va
soxta audit xulosalari taqdim etilishi;
moliyaviy rag‘batlantirish uslubi sifat real ko‘rsatkichlariga emas,
balki
miqdoriy ko‘rsatkichlarga asoslanganligi;
yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatbaho qog‘ozlarning
vujudga kelishi.
Jahon moliyaviy inqirozi kelib chiqishining qo‘shimcha
sabablari:
1.
Moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun
dunyoni
qamrab
olayotgani,
resessiya
va
iqtisodiy
pasayishning
muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko‘lamining
cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi,
shuningdek, jahonning ko‘plab mamlakatlariga ta’sir
ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talafotlar sodir bo‘lishi
mumkinligi o‘z tasdig‘ini topmoqda.
2. Avj olib borayotgan global
moliyaviy inqiroz jahon
moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va
ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatdi.