Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


O‘zbekiston va Buyuk Britaniya harbiy ta’lim sohasida hamkorlik qiladi


Download 1.33 Mb.
bet3/3
Sana25.04.2020
Hajmi1.33 Mb.
#101407
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish .


O‘zbekiston va Buyuk Britaniya harbiy ta’lim sohasida hamkorlik qiladi

18.03.2018 

O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizovning Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allan bilan Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi hamda Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi va Shimoliy Irlandiya o‘rtasida mudofaa sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining  xabar qilishicha, mazkur kelishuv ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy ta’lim, harbiy kadrlar tayyorlash, ingliz tilini mukammal o‘rgatish, hamkorlikdagi treninglarni o‘tkazish, o‘zbekistonlik harbiylarning Britaniya qurolli kuchlari tomonidan o‘tkaziladigan turli o‘quv mashg‘ulotlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishida o‘zaro yaqin hamkorlik o‘rnatishni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, Buyuk Britaniya elchisi O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining Sandxerstdagi Qirollik harbiy akademiyasi va boshqa Britaniyadagi nufuzli harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olishida Britaniya tomoni hamkorlik ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Kristofer Allen oxirgi yillarda ikki davlat mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik yo‘nalishlarida o‘sish sur’atlari ortib borayotgani ta’kidlandi. Mehmonlar Afg‘onistonda joylashgan Buyuk Britaniya qurolli kuchlariga yuklarni tranzit bilan olib o‘tilishi masalalarida yaqindan ko‘mak berilayotgani uchun O‘zbekiston hukumatiga alohida minnatdorchiligini izhor etishdi.

Buyuk Britaniya vakillari tomonidan shu yilning yanvar oyida imzolangan Mudofaa vazirliklar o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish mamlakatlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikning asosini tashkil etishi ta’kidlandi. Rejada harbiy hamkorlikning turli masalalarida tajriba almashish, O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining Britaniyadagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi, O‘zbekistondagi harbiy ta’lim muassasalarida mashg‘ulot jarayonlariga britaniyalik harbiy mutaxassislarning jalb etilishi, harbiy tibbiyot yo‘nalishida tajriba almashish, shuningdek hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari va treninglarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan.



O‘zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchisi qirolicha Yelizaveta II ga ishonch yorliqlarini topshirdi

  • 05.12.2019

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, rasmiy marosimdan keyin bo‘lib o‘tgan suhbatda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda olib borilayotgan keng ko‘lamli va keng qamrovli islohotlar mavzusi alohida muhokama qilingan.




Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, rasmiy marosimdan keyin bo‘lib o‘tgan suhbatda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda olib borilayotgan keng ko‘lamli va keng qamrovli islohotlar mavzusi alohida muhokama qilingan.

Mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlarida Buyuk Britaniyaning ilg‘or tajribasi, ayniqsa ta’lim, parlamentarizm, qonun ustuvorligi va bank-moliya sohalaridagi yutuqlaridan foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston sa’y-harakati ta’kidlandi.



Ta’kidlanishicha, qirolicha ta’lim sohasini ustuvor rivojlantirish, jumladan, boshlang‘ich sinflardan ingliz tilini o‘rgatishni joriy etish borasidagi O‘zbekiston sa’y-harakatlarini yuqori baholagan va o‘zaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini qo‘llab-quvvatlagan.

Londonda O‘zbekiston bo‘yicha Barcha partiyalar parlament guruhi majlisi bo‘lib o‘tdi

13.02.2020

  

2020-yilning 11-fevral kuni Buyuk Britaniya parlamentida O‘zbekiston bo‘yicha Barcha partiyalar parlament guruhi (APPG) yangi tarkibining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi, unda parlamentning ikkala palatasi deputatlari, Buyuk Britaniya tashqi siyosat idorasining Amerika va Yevropa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Kristofer Pincher va O‘zbekiston Elchisi Said Rustamov ishtirok etdilar.



Foto: www.visitlondon.com

Tadbir davomida parlamentariylar tomonidan APPG rahbariyati a’zolari saylandi, Buyuk Britaniya TIV va O‘zbekiston Elchixonasining O‘zbekiston-Britaniya hamkorligining holati va istiqbollari to‘g‘risidagi baholari tinglandi va Barcha partiyalar parlament guruhi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari aniqlandi.

Jamoatlar palatasining Konservativ partiyadan deputati Endryu Bridjen APPG rahbari etib saylandi, uning o‘rinbosarlari qatoriga mamlakat parlamenti Lordlar palatasi va Jamoatlar palatasining bir qator obro’li a’zolari kirdi.

Elchi o‘z nutqida O‘zbekistondagi keng ko‘lamli modernizatsiya jarayonlari, ochiq va konstruktiv tashqi siyosat, shuningdek, O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi. Britaniya parlamentariylari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan respublikani rivojlantirishning asosiy qoidalari va ustuvor vazifalari bilan ham tanishtirildi.

Buyuk Britaniya TIV rahbari o‘rinbosari Kristofer Pincher O‘zbekistondagi chuqur islohotlar dasturi Buyuk Britaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini, Britaniya tomonining ikki tomonlama ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini qayd etdi.

Oralarida 2019-yil dekabr oyida O‘zbekistonda o‘tkazilgan parlament saylovida ishtirok etgan xalqaro kuzatuvchilar ham bo‘lgan APPG a’zolari O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlik uchun yangi istiqbollarni ochuvchi respublikadagi sezilarli o‘zgarishlarni olqishladilar. Parlamentariylar Britaniya-O‘zbekiston muloqotini, jumladan parlamentlararo yo‘nalishdagi aloqalarni rivojlantirishga amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdilar.

O‘zbekiston bo‘yicha Barcha partiyalar parlament guruhi (APPG) – Britaniya parlamentidagi Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik jamiyati 2009-yilda parlamentlararo aloqalarni va umuman O‘zbekiston-Britaniya munosabatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan. Guruhga parlamentdagi ikki palata deputatlari hamda mamlakatdagi barcha siyosiy partiyalarning vakillari kirishadi.

Toshkentda 2019-yilning 29-30 aprel kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash muammolariga bag‘ishlangan “Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik: unga erishish yo‘llari va usullari” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi va Siyosiy tadqiqotlar markazi (O‘zbekiston) tomonidan YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi, AQSHning Xalqaro rivojlanish agentligi va Yangi demokratiyalar instituti (AQSH) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Konferensiya ishida Osiyo, Amerika va Yevropaning 20 mamlakatidan xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi qirqdan ziyod siyosatshunos va ekspertlar ishtirok etdi.

Forum qatnashchilari mintaqada xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash masalalarini chuqur va har tomonlama muhokama qilib, quyidagi qat’iy xulosaga keldilar: aholisi qariyb 30 yildan buyon tinch hayot nimaligini bilmay kelayotgan Afg‘onistondagi vaziyat bugun Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror rivojlanishga, shuningdek, global xavfsizlikka salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omil bo‘lib qolmoqda.

Shu bilan birga, ekspertlar afg‘on muammosini hal qilishning harbiy usullari o‘z imkoniyatlarini batamom tugatdi, degan yana bir muhim xulosani bayon etdilar. Afg‘oniston masalasini harbiy yo‘l bilan hal etishga ortiqcha urinish samarasiz bo‘lib, ushbu mamlakatdagi qarama-qarshilikni yanada kuchaytirishga olib kelishi mumkin. Qolaversa, bunday mojaroli vaziyat qo‘shni mamlakatlarga ham yoyilishi ehtimoldan holi emas.

Afg‘on muammosini bartaraf qilishning yagona yo‘li ― Afg‘onistonda xavfsizlik va barqarorlikka erishishga doir muammolar yechimining tinch va maqbul usullarini izlashdan iboratdir.

Ayni shu sababdan konferensiya ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2008 yil 3 aprel kuni Buxarestda bo‘lib o‘tgan NATO/SEAP sammitida Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishish borasida ilgari surgan takliflarini keng qo‘llab-quvvatladilar.

“O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Buxarestda ilgari surgan tashabbuslari mintaqada xavfsizlik muammolarini yechish ishiga jahonshumul ahamiyatga molik hissa bo‘lib qo‘shildi, – dedi Strategik va siyosiy tadqiqotlar markazi prezidenti, professor V.Naumkin (Rossiya). – Mohiyatan, O‘zbekiston rahbari tomonidan ochiq hamkorlikning Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladigan yangi modeli taklif etildi”.

Kavkaz tadqiqotlari markazi eksperti Paramjit Sahay (Hindiston) O‘zbekiston rahbari Afg‘oniston muammolarini tinch yo‘l bilan hal etishning aniq, chuqur o‘ylangan yo‘llarini taklif etganini qayd qilib, quyidagicha fikr bildirdi: “Darhaqiqat, afg‘on mojarosiga barham berishda faqat kuch ishlatishga tayanilgan yo‘l o‘zini oqlamadi va bu boradagi barcha imkoniyatlar ishga solib bo‘lindi. Afg‘onistondagi vaziyatni faqat keng ko‘lamli hamkorlik, siyosiy hamjihatlikka erishish bilan hal etish mumkin. Hozirgi kunda ko‘pchilik aynan shunday fikrda. Avvalo, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi ijtimoiy sohalarga, Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashga doir loyihalarga e’tibor berish kerak. Shu nuqtai nazardan Prezident Islom Karimovning Buxarestda ilgari surgan tashabbuslari favqulodda muhim ahamiyatga ega”.

“O‘zbekistonning tashabbuslari g‘oyat muhimdir. O‘z vaqtida ilgari surilgan bu tashabbuslar Afg‘onistonni barqarorlashtirishning samarali yo‘llarini topishga ko‘maklashadi”, – dedi Mintaqaviy tadqiqotlar instituti prezidenti general Jamshid Ayoz Xon (Pokiston). “Men harbiy kishi sifatida aytishim mumkinki, – deb ta’kidladi u, – endilikda Afg‘onistonda harbiy kuch bilan tinchlik o‘rnatishning barcha imkoniyatlari batamom tugadi. Ayni vaqtda Afg‘onistondagi barqarorlik ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirishga olib keladi, Markaziy Osiyoni barqaror rivojlantirishning muhim omili bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, Markaziy Osiyo mamlakatlarini bizning bandargohlar bilan tutashtiradigan energetika va transport kommunikatsiyalari, neft va gaz quvurlari bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish uchun imkon yaratadi, eksport-import operatsiyalari sonini ko‘paytirishga olib keladi”.

Konferensiyada so‘zga chiqqan Afg‘oniston vakili – Mojarolar va tinchlikni o‘rganish bo‘yicha markaz eksperti Najib ur-Rahmon Manalay o‘z yurtida harbiy yo‘l bilan tinchlik o‘rnatish mumkin emasligini alohida ta’kidladi. Uning fikricha, barqarorlashtirish muammosini hal etish uchun Afg‘oniston xalqiga ijtimoiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatish kerak. Odamlarda bunyodkorlik tuyg‘usi paydo bo‘lsa, ular mehnatga kirishadi, daromad orttiradi, ularda o‘z yurtining ravnaqi, osoyishtaligi va farovonligi uchun mas’uliyat hissi paydo bo‘ladi. O‘zbekistonning tashabbuslari Afg‘oniston inqiroziga aynan mana shunday yechim topishga qaratilgan.

O‘zbekiston rahbarining 2001 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan “6+2” guruhini Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatishga erishish bo‘yicha “6+3” muloqot guruhiga aylantirish haqidagi taklifi konferensiya qatnashchilari – ekspertlar tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlandi.

Tahlilchilarning fikricha, Afg‘onistonga qo‘shni olti mamlakat – Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, shuningdek, Rossiya, AQSH va NATOdan tarkib topadigan Muloqot guruhi afg‘on muammosini bartaraf etish yo‘llarini topish bo‘yicha umumiy prinsip va yondashuvlarni muhokama qilish va ishlab chiqish, Afg‘onistonda tinchlik va totuvlikka erishish bo‘yicha umumiy anglashuv va manfaatdorlikni ishlab chiqish uchun eng muhim mexanizmga, yaxshi muzokara maydoniga aylanishi mumkin. BMT shafe’ligida ushbu nufuzli tashkilotning maslahat organi sifatida ishlaydigan “6+3” muloqot guruhi jahon hamjamiyati va tinchlikparvar missiyaning Afg‘onistonni tiklash va iqtisodiyotini oyoqqa turg‘azish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga, qarama-qarshi va nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida afg‘on muammosining o‘zaro maqbul yechimlarini topish uchun muzokara jarayoni tashkil etilishiga salmoqli hissa qo‘shishi mumkin bo‘lur edi. Afg‘onistonga turli xalqaro dasturlar, avvalo, BMT dasturlari doirasida ko‘rsatilayotgan iqtisodiy va gumanitar yordamni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ushbu guruhning eng muhim vazifasi bo‘lishi mumkin.

“Bu yangi g‘oya amalda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish ishiga keng ko‘lamli xalqaro hamkorlikni faol jalb etish imkonini beradi”, deb qayd etdi London universitetining Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabi professori Shirin Akiner (Buyuk Britaniya).

Sharqiy Kentukki universiteti huzuridagi Adliya va huquq-tartibot markazi direktorining o‘rinbosari Sintia Kollinz Sheyn (AQSH) ham muzokara jarayonining “6+3” muloqot guruhi doirasida tiklanishi afg‘on muammosiga yechim topish borasida yagona yondashuvlarni ishlab chiqish uchun yangi g‘oyalar o‘rtaga tashlanishida, o‘zaro muvofiqlashtirilgan qarorlar qabul qilinishida muhim omil bo‘ladi, deb hisoblaydi.

Konferensiya qatnashchilari Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishish borasidagi O‘zbekiston takliflarining keskin va dolzarb ijtimoiy, iqtisodiy muammolarga, aholining bandligi hamda boshqaruv vertikali va hokimiyat nufuzini mustahkamlash muammolariga ustuvor ahamiyat berish zarurligi va muhimligi xususidagi qismi muhokamasiga alohida e’tibor qaratdilar. Shanxay xalqaro munosabatlar institutining Rossiya va Markaziy Osiyo bo‘limi direktorining o‘rinbosari Nin Syan quyidagilarni ta’kidladi: “Prezident Islom Karimovning Buxarestdagi nutqi menga yana shunisi bilan maqbul va tushunarli bo‘ldiki, unda umuman mintaqaviy xavfsizlikni va, jumladan, Afg‘onistondagi xavfsizlikni ta’minlashda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bosh masala sifatida qayd etildi. Bu mutlaqo mantiqiy va asoslangan haqqoniy fikrdir”.

Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari instituti direktori Aleksandr Sinkerning (Isroil) fikricha, “O‘zbekiston rahbarining barcha takliflari o‘z mazmun-mohiyati jihatidan ham, ularni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari bo‘yicha ham puxta o‘ylangan va aniq takliflardir. Haqiqatan ham, birinchi galda ijtimoiy-iqtisodiy sohani tiklash, maktablar, shifoxonalar qurish, aholini ish bilan ta’minlash zarur. Hozir narkotik bilan savdo qiluvchilar va terroristlar hech qanday to‘siqsiz kesib o‘tayotgan Afg‘oniston chegarasi muammosini butunlay va uzil-kesil hal qilish zarur”. Shu bilan birga u “mahalliy an’analarni ham albatta inobatga olish zarur“ligini ta’kidladi.

Ekspertlar, O‘zbekiston Prezidentining nutqida ta’kidlanganidek, ko‘p millatli Afg‘oniston xalqining an’anaviy diniy, milliy-madaniy qadriyatlari va urf-odatlarini hurmat qilish hamda qo‘llab-quvvatlash, kam sonli millatlar manfaatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, islom diniga nisbatan mutlaqo asossiz xuruj va bo‘htonlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishning, bu jafokash zaminda tinchlikni ta’minlashning hal qiluvchi sharti ekanini qayd etdilar.

Afg‘onistonlik ekspertlar ta’kidlaganidek, “O‘zbekiston rahbarining Afg‘oniston xalqining an’analari, urf-odatlari va dinini hurmat qilish zarurligi haqidagi da’vati afg‘on xalqining ma’naviy yuksalishiga qaratilgan. Shu choqqacha hech kim bu masalaga e’tibor bermagan edi. Holbuki, afg‘on xalqi o‘zining boy tarixiga, jahon sivilizatsiyasida o‘z o‘rniga ega”.

Mustaqil ekspert Frensis Tibor Mikoning (AQSH) fikricha, “mintaqada etnik muammolar hamda mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligiga ta’sir etadigan muammolar bilan bog‘liq bir qator dolzarb masalalar bor. O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi shu ma’noda ham hamkorlikni yanada jadal rivojlantirishda, demakki, mavjud masalalarni yanada samarali yechishda, Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlashda o‘ziga xos robita bo‘lib xizmat qiladi”.

Xalqaro tadqiqotlar instituti eksperti Kristofer Roland Lengton (Buyuk Britaniya) shuni alohida ta’kidladiki, “Islom Karimovning takliflari g‘oyat ahamiyatli va Afg‘onistondagi real vaziyatga asoslangan. Masalan, men ham Afg‘onistonda boshqaruv vertikalini mustahkamlamay turib, amalda hech narsaga erishib bo‘lmaydi, deb hisoblayman. Xalq ishonadigan hokimiyatni tuzish kerak, lekin uni shakllantirishda mahalliy o‘ziga xoslikni albatta inobatga olish lozim”.

Konferensiyani yakunlar ekan, uning ishtirokchilari ushbu forum har bir qatnashchiga o‘z nuqtai nazarini bayon etish imkoniyatini yaratganini, NATO/SEAPning Buxarest sammitida ilgari surilgan O‘zbekiston tashabbuslarining ekspertlar tomonidan teran o‘rganilishining muqaddimasi bo‘lganini, mazkur takliflarning amalga oshirilishi, hech shubhasiz, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishga, butun Markaziy Osiyo mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlanishiga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridan Markaziy Osiyo davlatlari bilan amaliy, o‘zaro manfaatli va yaxshi qo‘shnilik munosabatlarini shakllantirish, mintaqada xavfsizlikni ta’minlashni tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgiladi. 

O‘zbekiston rahbari mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga doir strategik qarashlarini2017-yilning sentabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida batafsil bayon qildi. So‘ng o‘tgan yilning noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzusidagi konferensiyada davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo, jumladan, Afg‘onistonda mustahkam tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi qo‘shma sa’y-harakatlarning keng qamrovli dasturini taklif etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlaridagi dasturiy nizomlar, uning Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi joriy vaziyat, rivojlanish istiqbollariga bergan bahosi xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uyg‘otdi. 

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «Evroosiyoning “yuragi”da joylashgan Markaziy Osiyo? Yevropa va Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni bog‘lovchi ko‘prikdir». Mintaqamiz tabiiy resurslarga boy, bu yerda ko‘plab mamlakatlar va butun mintaqalar rivojiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgan noyob madaniyat va taraqqiyot salohiyati mavjud. 

Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyevning fikricha, Markaziy Osiyoda jahonning qudratli davlatlarining manfaatlari kesishmoqda, beqarorlik va qarama-qarshilik o‘choqlariga tutash bo‘lgan ushbu mintaqa yaqin va uzoq xorijda ro‘y berayotgan barcha salbiy jarayonlar ta’sirini his etmoqda. 

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti adolatli savollarni o‘rtaga tashladi: mintaqada vaziyat qanday rivojlanadi? Bu yerda qanday ssenariy ustun keladi – nizo va qarama-qarshiliklarmi yoki hamkorlik va taraqqiyotmi? 

Bu savolga javob ravshan – eng avvalo, barchasi Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaning umumiy kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga nechog‘li tayyorligiga bog‘liq. 

Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari bilan chegaradosh bo‘lgan O‘zbekiston mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo‘shnilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdor. 

Davlatimiz rahbari bir necha bor ta’kidlaganidek: «bizning bosh maqsadimiz – umumiy sa’y-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat». 

Ayni paytda eng dolzarb va o‘tkir muammolardan biri – qo‘shni Afg‘onistondagi nizoni hal qilmasdan turib oldimizda turgan maqsadlarga erishishning iloji yo‘q, chunki u tarixiy va geosiyosiy jihatdan mintaqamizning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. 

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish – Markaziy Osiyoning barqarorligi va taraqqiyoti kafolatidir. Samarqanddagi xalqaro anjumanda so‘zga chiqar ekan, O‘zbekiston Prezidenti xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yalpi xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarurligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri da’vat qildi. 

Tinch Afg‘oniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors ko‘rfazi portlariga eng qisqa yo‘lini ta’minlashi, Hindiston, Eron va Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bog‘lashi mumkin. 

Shu munosabat bilan Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlik o‘rnatishning asosiy masalalari bo‘yicha keng va qat’iy xalqaro konsensusni tasdiqlash, mamlakatda milliy yarashuv bo‘yicha afg‘onistonliklar rahbarligida va ularning sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 

O‘zbekiston doimo Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy jihatdan tartibga solishning qat’iy tarafdori hisoblangan va shunday bo‘lib qoladi. Mamlakatimiz qo‘shni davlatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. 

Shu jihatdan Shavkat Mirziyoyev tomonidan Afg‘oniston bilan hamkorlikda joriy yilning 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasini o‘tkazish tashabbusining ilgari surilishi O‘zbekiston rahbariyatining mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha umumiy strategiyasining ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. 

Mamlakatimiz afg‘on muammosiga bag‘ishlangan deyarli barcha xalqaro forumlarda faol ishtirok etmoqda. «Kobul jarayoni», «Moskva formati», «Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni» forumi, Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro aloqa guruhi, «ShHT – Afg‘oniston» aloqa guruhi, Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasi shular jumlasidandir. 

19-yanvar kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi davomida O‘zbekiston va Afg‘oniston tomonidan Toshkent forumining qo‘shma taqdimoti tashkil etildi. 

Toshkentdagi konferensiya 28 fevral kuni Afg‘oniston poytaxtida o‘tgan «Kobul jarayoni»ning ikkinchi yig‘ilishidan so‘ng bo‘ladi va xalqaro hamjamiyat tomonidan ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ladi. 

Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani so‘zga chiqadilar. 

Toshkent uchrashuvida ishtirok etish uchun BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va tashkilotning Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari taklif etilgan. 

Forum ishtirokchilari mintaqaviy va global darajada tez orada Afg‘oniston hukumati bilan «Tolibon» harakati o‘rtasida hech qanday dastlabki shartlarni ilgari surmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish zaruriyati xususida umumiy nuqtai nazar bayon etilishi kutilmoqda. 

Konferensiya yakuni bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan bo‘lib, unda quyidagi muhim jihatlar o‘z aksini topishi ko‘zda tutilmoqda: 

birinchidan, tinchlik jarayoni afg‘onistonliklarning bevosita rahbarligi va ularning sa’y-harakatlari bilan BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi rezolutsiyalari va qarorlari nizomlariga muvofiq amalga oshishi kerak; 

ikkinchidan, qurolli muxolifat Afg‘onistonning siyosiy hayotiga kafolatli integratsiya qilinishi va qonuniy siyosiy kuch sifatida e’tirof etilishi tinchlik jarayonining muhim omili hisoblanadi; 

uchinchidan, xalqaro hamjamiyat terrorizmning har qanday shakl va ko‘rinishiga qarshi bo‘lib, transmilliy terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilik tahdidlari nafaqat Afg‘oniston, balki umuman butun mintaqa va jahonning barqarorligi va izchil taraqqiyotiga umumiy xavf sanalishini e’tirof etadi. 

Toshkent konferensiyasi arafasida, shuningdek, hamkorlikning yangi shaklidagi «Markaziy Osiyo + Afg‘oniston» (C5+1) birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ushbu format Afg‘onistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va infratuzilma aloqalari tizimiga muvaffaqiyatli integratsiyasi, umummintaqaviy miqyosdagi aniq loyiha va dasturlarning samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi. 

Toshkent konferensiyasi xaqidagi tashabbusni ilgari surar ekan, O‘zbekiston uni bir martalik tadbir sifatida o‘tkazish bilan cheklanib qolmay, undan keyin ham ikki va ko‘p tomonlama munosabatlar doirasida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish borasidagi siyosiy jarayonga ko‘maklashishga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosiy strategiyasini amalga oshirish asnosida O‘zbekiston afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan yechish bo‘yicha siyosiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanmoqda. Bu jarayonda asosiy rol va javobgarlik o‘z mamlakati kelajagini belgilashi va qurishi kerak bo‘lgan afg‘onistonliklarning zimmasida ekanini yana bir bor ta’kidlash joiz. 



Toshkent konferensiyasi oldida turgan yuksak maqsadlar, shuningdek, uning ishida BMT Xavfsizlik Kengashining barcha doimiy a’zolari, ShHTga a’zo davlatlar va Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar, jumladan, Markaziy Osiyoning beshta mamlakati ishtirok etishi butun dunyoda forum ishiga katta qiziqish uyg‘otmoqda. Tadbirni yoritishda qatnashish uchun jahon ommaviy axborot vositalari vakillarining katta guruhi tashrif buyurishi kutilmoqda. 

O‘zbekiston poytaxtidagi xalqaro uchrashuv yakunlari Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, uning izchil rivojlanishi uchun sharoit yaratish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘lib, afg‘on xalqining farovonligini oshirish va uni mintaqa va umuman butun dunyodagi bunyodkorlik jarayoniga jalb etishga xizmat qilishiga umid qilamiz. Toshkent forumining muvaffaqiyati mintaqa davlatlarining tinchlik va taraqqiyot uchun keng imkoniyatlar eshigini ochgan holda, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan umumiy muammolarni hal etishga qodirligini namoyon qilishi darkor. 
Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling