Respublikasi oliy va o’rta maxsus


Download 0.71 Mb.
bet26/29
Sana22.07.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1661607
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish

UMUMIY XULOSA


  1. Mavzuga oid ilmiy metodik adabiyotlarni tahlil etish asosida o’rta ta’lim maktablaridagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini umumlashtirish natijasida shu narsalarga guvox bo’ldik, boshlang’ich sinf o’quvchilarning tezkorlik mashqlarini o’rgatish uchun moyillik paydo bo’ldi va balog’atga yetish har xil bolalarda tezkorlik qobiliyatini rivojlanishi turlicha kechishi turli davrlarda (8-9 yoshlilarda) sodir bo’ldi. Bu qonuniyatlar o’quvchilarning jismoniy tayyorgarligi va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatdi.

Bolalarni o’yin davomidagi jamoa faoliyati, harakatlarni bajarishga emotsional qo’zg’alish jarayoni qiziqtiradi, harakatlarni to’g’ri bajarishga va o’zining ko’rsatgan natijalariga ham qiziqish paydo bo’ldi. Har bir musobaqa jarayonida o’quvchilarga xususiy xatolarini ko’rsatib, muvaffaqiyatsizlik sabablarini tushuntirib borildi, shuningdek, tengdoshlari bilan kim kuchli, kim tezkor, kim baland yoki uzoqqa sakraydi hamda kim epchil uzoqqa ota oladi degan savollar orqali o’zlarini sinashga harakat qildilar. SHu bilan birga harakatlanish faoliyatida mustaqillik va ijodiy faollik xususiyatlari kuchaya bordi.
Tajriba sinfi o’quvchilarning 30 m.ga yugirish va turgan joyidan uzunlikka sakrash mashqlarini bajarishda ish qobilyati umumiy ko’rsatkichlari tajribaning boshidagiga qaraganda yil oxirida yaxshilangan bo’lsa, ya’ni o’quv mezonlariga mos ravishda yaxshi baxoga to’g’ri keladi nazorat sinfi o’quvchilarining natijalari qoniqarsiz bo’lsada, oldinga siljiganligidan dalolat beradi.
O’quvchi bolalarda morfofunktsional holatning bir biridan farqlanishi atrof- muxitga, oilaviy byudjetga (bolalar soni, moddiy ta’minlanganlik) hamda ijtimoiy- iqtisodiy holatlarga bog’liqdir.
Umumiy o’rta ta’lim maktabida boshlang’ich (1-4) sinf o’quvchilarining tajribagacha va tajribadan so’nggi bo’lgan jismoniy tayyorgarligi ko’rsatkichlari quyidagicha natijalarni ko’rsatdi.

  1. Tajribamiz so’ngida jismoniy tarbiyaning tanlangan o’yin va musobaqa metodlari vazifalari asosida amaliy tajribalar o’tkazilib natijalar yig’ildi.

Mashg’ulotlar jarayonida turli harakatli o’yinlar va musobaqalar uyushtirildi. Yurish, sakrash va irg’itish harakatlari bo’yicha ham o’yin ham musobaqalar, estafetalar tashkil qilindi.
O’tkazilgan tadqiqotimiz jarayoni qiziqarli va jo’shqin holatda o’tdi.
SHuningdek, tajriba guruhi o’quvchilari jismoniy tayyorgarliklarida ham jiddiy oldinga siljish, ya’ni, dastlabki holatga nisbatan yuqori darajada o’zgarganligidan dalolat beradigan ma’lumotlarga ega bo’ldik.
Endi o’g’il bolalarda ham aynan shu mashqni bajarilishida tajriba va nazorat guruhida o’sish darajasida katta farq qilmadi.
Tajriba guruhida tadqiqot boshlanishidan avval 30 m.ga yugurish turi bo’yicha o’g’illar va qiz bolalar turlicha natijalarni (ayrim testlarimizdagi natijalar jismoniy tarbiya dasturiga yaqinroq, ayrim natijalar esa uning teskarisi va xokazo) ko’rsatdilar.
Boshlang’ich sinflar uchun mo’ljallangan jismoniy tarbiya dasturidagi asosiy jismoniy mashqlarni me’yorlashimizda o’quvchilarining yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini inobatga olish muxim rol o’ynar ekan. SHuningdek, o’quvchilar faoliyatini tashkil qilishdagi, xatti-harakatlarni o’rgatishdagi metodlar asosida darslarni tashkil qilish va olib borishga , ulardan joyida unumli foydalanish kerakligi yana bir karra ma’lum bo’ldi.

  1. Olib borilgan pedagogik kuzatishlarning ko’rsatishicha, ko’p maktablarda jismoniy tarbiya darslari katta sinflarga mo’ljallangan sport zallarida o’tkaziladi yoki o’tazilmaydi. Bunday zallar ayrim maktablarda o’quvchi-bolalar yoshiga munosib sport anjomlari bilan bezatilmagan. Lekin ko’pchilik maktablarda mayda sport buyumlaridan (bayroqchalar, keglilar, kublar, gardishlar, tayoqchalar va shu kabilardan) foydalanilsa, ayrim maktablarda shular ham topilmaydi. Umumta’lim maktablarida boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun asosiy sport maydonchalari bo’lsa ham, ular yetarli darajada bezatilmagan (sog’lomlashtirish shaharchasi, yugurish yo’lkalari, sakrash, irg’itish uchun ajratilgan joylar va b..qalar).

  2. Jismoniy tarbiya o’tkaziladigan mashg’ulotlarda yugurish, sakrash va irg’itish mashqlarida o’zlashtirgan ko’nikmalarini muvaffaqiyatli takomillashtira

oladigan o’yinlarni ham tanlab olish mumkin. Takrorlanadigan harakatlar, har bir ishtirokchi tomonidan bir necha bor bajariladigan (misol uchun irg’itish) hamda takrorlanadigan harakatlar yo’nalishini boshqarish yoki chegaralovchilardan foydalanib, bajariladigan o’yinlar shunday o’yin turlariga kiradi.
«Barcha o’z bayroqchalari oldiga saflansin» o’yini bunga misol bo’la oladi, ushbu o’yin qoidalari quyidagicha: o’yinchilarga kichik koptokchalar tarqatiladi va ularni «O’z bayroqlaringiz oldiga saflaning!» buyrug’i berilmagunicha ma’lum tarzda irg’itish taklif etiladi (misol uchun devordagi nishonga irg’itib, yana qo’l bilan ilib olish yoki basketbol o’yini to’riga tushirish) yoki tor yo’lakchalar bo’ylab yugurish, estafeta qo’llaridagi narsani bir biriga harakatlar davomida uzatishlar (bu holat o’quvchilarni oyoqlarini to’g’ri bosishga majbur qiladi va tarbiyalab boradi).

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling