Respublikasi oliy va o’rta maxsus


Download 0.71 Mb.
bet25/29
Sana22.07.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1661607
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish

rasm


Jismoniy tarbiya o’qituvchisi (sinov-tajriba olib boruvchi)ning turli buyrug’iga binoan yugurishlar. (6 rasm)
O’quvchilar tez va sekin yugurishni ko’proq mashq qilishlari uchun zalda yugurib yurganlarida maxsus topshiriqlar berish mumkin, misol uchun yengil va tez yugurish, bug’u kabi; erkin va sekin yugurish, ot va boshqa xayvonlar kabi yugurishlar. (7 rasm)
Yakuniy qismda koptok bilan o’yin. Koptokni balandga irg’itib ilib olish. (8 rasm)

  1. rasm



  1. rasm

Mashqni murakkablashtirib, koptokni old tomondan so’ng orqa tomondan boshidan oshirib oldinga irg’itib ilib olishni bajarish mumkin. Aylanib burilib koptokni ilib olishga harakat qilish mumkin.


Jismoniy mashqlar (yugurish) texnikasini o’zlashtirishda quyidagi o’yin mashqlaridan foydalandik va ularni tavsiya qilish mumkin.

    1. o’ng oyoqda turib, qo’llarni belga qo’yib, chap oyoq bilan «Tulpor» harakati bajariladi (keyin oyoqlarni almashib, mashq takrorlanadi);

    2. tik turiladi, gavda biroz oldinga egilgan. Qo’llarni egib va oldinga-orqaga bir necha suzish kabi (sekin, keyin esa tezroq) harakatlar bajariladi. Masalan, joyida turib, qo’l harakatlarini bajarish (chunki ko’p bolalar yugurish paytida qo’llari bilan tanaga ko’ndalang harakatlarni bajaradilar);

    3. bolalardan to’g’ri yugurishni qattiq talab qilish kerak emas, chunki ular qattiq qo’yilgan ko’rsatmalarimizni bajarishga harakat qilishlari natijasida keskinlik yuzaga keladi, harakatlari erkin bo’lmaydi, muskullari tarang bo’ladi.

SHuning uchun 20-30 metrga yengil yugurish mashqini bajarish kerak (bunda qo’l va oyoq harakatlari birligiga harakat qilish zarur).
Yugurish paytida quyidagilarga e’tibor berish kerak:

      • faqat oyoq uchlari bilan yerga tegish (go’yo yer oyoqni kuydirayotgandek yugurish kerak). To’la oyoq kaftlari bilan yerga tegish itarilish kuchini va shunga mos ravishda tezlikni pasaytiradi;

      • oyoq kaftlari qo’yilishiga;

      • qo’llarning harakatiga (ular yugurish yo’nalishi bo’yicha bir tekis harakatlanishi kerak, gavdaga nisbatan ko’ndalang yoki qiya harakat qilish mumkin emas, ular har doim bir xil burchakda egilgan bo’lishi kerak);

      • qo’llarni mushtum qilib siqib olish kerakmas – bu holat yugurishni taranglashtiradi;

      • tashqi taranglikni va mimikani bo’shashtirish zarur (tishni tishga qo’yish va og’izni yumib olish kerak emas – bu bir tekis nafas olishga halaqit

III BOB BO’YICHA XULOSA


Bob bo’yicha jismoniy tarbiya darsi jarayonida o’yin va musobaqa metodidan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo’yicha tajriba-sinov ishlari natijasi asosida o’tkazilgan tajriba-sinov natijalari ko’rsatkichlari asosida ishlarni tashkil etildi.
1-4 sinf o’quvchilarining tajribadan keyingi jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi taxlili va dars jarayonida o’yin va musobaqa metodidan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo’yicha metodik ko’rsatmalar bo’limlari asosida ishlarni tashkil etildi.
Olib borilgan ilmiy tadqiqot (dastlabki va yakuniy) ishlaridan shunday xulosaga kelish mumkinki, 1-2-3-4 sinf o’quvchilarning jismoniy rivojlanishi yildan-yilga bir me’yorda o’sayotganligi ma’lum bo’ldi.
Tajriba sinflari o’g’il va qiz bolalarning jismoniy rivojlanishi aniqlanganda ma’lum bo’ldiki, tajriba va nazorat guruhi o’quvchilarida gavda uzunligi va gavda og’irligi tabiiy biologik o’zgarishda ekanligi aniqlandi.
Gavda uzunligi: tajriba boshida o’rtacha 1-sinf o’g’il va qiz bolalarida 120- 118 sm. ni, tajriba yakunida 123-120 sm.ni tashkil etdi.
Gavda uzunligi bo’yicha xulosa qiladigan bo’lsak 1 sinf o’g’il bolalari tadqiqot jarayonidagi o’sish farqi 3 sm.ga qiz bolalr esa 2 sm.ga bo’ylari o’sgan. 2 sinf o’g’il bolalari tadqiqot jarayonidagi o’sish farqi 3 sm.ga qiz bolalr esa 4 sm.ga bo’ylari o’sganligi ma’lum bo’ldi, bu esa boshqa natijalarga qaragandi yaxshi natija bo’lib xisoblanadi.
Gavda og’irligi: 1- sinf o’g’il va qizlarida tadqiqot boshida 19-18 kg. ni va yakunida 21-20 kg.ga oshganligi, farqi esa 2 kg.ga oshganligi ma’lum bo’ldi.
2.Jismoniy tayyorgarik ko’rsatkichlari bo’yicha olingan natijalar quyidagicha: 30 m. masofaga yugurish test bo’yicha tajriba gurixi o’quvchilari dastur o’quv mezonini 5 (a’lo) baxoga loyiq yugurgan bo’lsalar, nazorat guruxi o’quvchilarinig ko’rsatkichlari bir muncha orqada qolmoq, lekin, o’quv mezonidagi natijalarga to’g’ri keladi.
4x10 m. mokisimon yugurish testida o’g’il bolalarning ko’rsatgan natijalari 14,1 soniyadan 13.1 soniyagacha, qiz bolalarimiz esa 14.1 soniyadan 13.2 soniyagacha farqi 1.0. – 1.1 soniyaga yaxshilanganligidan darak beradi.
Oyoqlarni uzatib o’tirgan holatda tizzalarni bukmasdan oldinga engashish testi bo’yicha egiluvchanlik sifat bo’yicha tajriba sinfi o’g’il va qiz bolalari 5-9, 6-
13 sm.ga nazoratь sinfi o’g’il va qiz bolalari 4-6, 5-8 sm.ga o’z natijalarin yaxshilaganlar, tajriba sinfda qizlari tadqiqot oxirida yaxshi natija, ya’ni 7 sm. ga natijalarini yaxshilaganlar. Qolganlarda natijalarning sustligi holatidan ushbu test asosida ishlarni, ya’ni egiluvchanlik sifatlarini tarbiyalash bo’yicha o’yin va muslobaqa metodlari asosida tashkil etilmayotganligi yoki o’quv dasturi (mashg’ulotlar jarayonidan) dan unumli foydalanilmayotganligi deb bilamiz.
Tennis koptogini otish testi bo’yicha tajriba guruxi bolalari va qizlari 19-22, 12-14 m.ga, (farqi 3-2 m.ga), nazorat guruxi bolalari va qizlari 18-19, 12-13 m.ga (farqi 1 m.ga) yaxshilangan. Tajriba sinfi o’hil va qiz bolalarimizning natijalari jismlniy tarbiya o’quv mezonini “4” baxosiga to’g’ri kelib, tadqiqotimiz jarayonidagi irg’itisho’ ashqlari asosida turli musobaqalarni tashkil etish va olib borganligimiz natijasi deb bildik. SHunigdek, tadqiqot jarayonida tajriba guruxi o’quvchilariga nazariy bilim va amaliyot mashg’ulotlarining birligi, ya’ni har bir shakliga aloxida e’tibor berilganligining natijasidir.
Birinchi bosqich tadqiqot mavzusiga oid bo’lgan ilmiy-nazariy adabiyotlar yig’ildi tahlil qilindi va solishtirildi. Umumta’lim maktab 1-4 sinf o’quvchilarini jismoniy rivojlanishi, tayyorgarligi va harakat faolligi bilan bog’liq ishlar va ilg’or jismoniy tarbiya o’qituvchilarini ishlari o’rganildi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya darslarida harakatlarga o’rgshatishdagi o’yin va musobaqa metodlari orqali jismoniy tarbiya darslarini olib borishning tizimi (tadqiqotimizni olib borish jarayoni) ishlab chiqildi hamda tashkil etildi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling