Respublikasi oliy va o`rta maxsus


Download 373.21 Kb.
bet19/22
Sana19.10.2023
Hajmi373.21 Kb.
#1709565
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
suv resurslari

102- modda. Kichik daryolarni muhofaza qilish.
Xo‗jahk faoliyati kichik daryolarning holati va rejimiga salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‗jaliklari suv xo‗jaligi, tabiatni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda suvni, uning musaffoligi va sifatini saqlash chora- tadbirlarini ko‗rishlari lozim.
Kichik daryolarning suvini muhofaza qilish mintaqalari, bu mintaqalardagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‗- jalik faoliyati rejimi qonunlar bilan belgilanadi, deyilgan.
105-modda. Suv yetkazadigan zararli ta‘sirdan muhofaza qilish, ularni oldini olish va bartaraf etish tadbirlari.
Suv yetkazadigan zararli ta‘sirdan muhofaza qilish, ularni oldini olish va bartaraf etish tadbirlari suvdan foydalanuvchilar:
korxonalar, tashkilotlar, xo‗jaliklar mablag‗i va mahalliy budjet hisobidan;
respublika va mintaqaviy dasturlar bo‗yicha - respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi, deyilgan.
113-modda. Suv monitoringi.
Suv monitoringi, shu jumladan, yer osti suvlari monitoringi o‗zgarishlarni o‗z vaqtida aniqlash, ularga baho berish, salbiy ja- rayonlarning oldini olish va ularga barham berish uchun suvlarning holati ustidan olib boriladigan kuzatuv tizimidan iboratdir.
Suv monitoringining tuzilishi, mazmuni va uni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, deyilgan.
Yuqorida qayd etilgan barcha moddalar respublikamizda mavjud suv resurslarini muhofaza qilishning huquqiy asoslari hisoblanib, suv resurslarini muhofaza qilishning asosiy omillari hisoblanadi. [32-35]
Suv resurslarini muhofaza qilish bosqichma-bosqich profilaktik ravishda amalga oshirilishi shart. Tabiatdagi yer usti (daryo, ko‗l, dengiz va atmosferadagi suv bug‘‗lari), yer osti va atmosfera yog‗in suvlari-tabiatdagi barcha (er usti, yer osti va atmosfera yog‗in) suvlarning birlik qonunidir (akad. V.I. Vernadskiyning tabiatning obektiv qonuni).
Demak, barcha yer usti va yer osti suvlarining asosiy manbai atmosfera yog‗in suvlaridir. Oxirgi 10-20 yillar davomida atmosfera havosining haddan tashqari ifloslanganligi va zaharlangan ligi (turli chiqindilar, changlar, tutunlar, qurum va boshq.) tufayli turli erigan moddalarga to‗yingan, deyarli «kislotali yomg‗irlar» hisobiga shakllanayotgan yer usti va yer osti suvlari, yog‗in yer yuzasiga kelib tushmasdan, bu bosqichda ma‘lum darajada ifloslangan suv mavjud bo‗lib, shakllanishning keyingi bosqichi yer yuzasi bo‗ylab jilg‗a va soylarni tashkil etishida yoki yer ostiga shimilishida tuproqdagi turli eriydigan moddalar va iflosliklarga to‗yinib yanada ifloslanmoqda. Ana shunday jarayonda shakllangan yer usti va yer osti suvlari obektlariga kelib quyilayotgan turli oqova (kommunal-ro‗zg‗or, sanoat, chorvachilik majmualari va fermalari, sug‗oriladigan yerlardan chiqarilayotgan zovur tashlama) suvlar ta‘sirida bu suvlar yanada kuchliroq ifloslanmoqda, bulg‗anmoqda va zaharlanmoqda.
Shunday qilib, suv resurslarini ifloslanishdan, bulg‗anishdan va zaharlanishdan muhofaza qilish, xuddi tibbiyot sohasidagidek, profilaktik ravishda amalga oshirilishi kerak, ya‘ni ifloslanma- gan, toza, turli maqsadlar uchun yaroqli yer usti va yer osti suvlari shakllanishi uchun birinchi navbatda, atmosfera havosi va tuproqning musaffoligini ta‘minlash zarur. Muhofaza qilishning ikkinchi bosqichida shakllangan yer usti va yer osti suvlarini turli iflos va ayrim hollarda zaharli oqova suvlar bilan ifloslanishiga yo‗l qo‗ymaslik muhim ahamiyatga ega.

    1. Download 373.21 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling