Respublikasi oliy va o’rta maxsus


Download 146.31 Kb.
bet2/14
Sana06.04.2023
Hajmi146.31 Kb.
#1333171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Respublikasi oliy va

1. SO’Z BOShI


“Korxona iqtisodiyoti” fanidan talabalarga bilim berishdan maqsad – ularga
moddiy ne’matlar qaerda va qanday sharoitlarda, kimlar tomonidan, qaysi
texnologiya, xom ashyo va materiallar ishtirokida bunyod etilishini tasavvur
qildirishdir; xom ashyo resurslarini tayyor mahsulotga aylantirish, uni iste’molchiga
etkazish jarayonlari qanday kechadi, uni kim qanday tashkil etadi, foydaga qaysi
yo’llar bilan erishadi va u qanday taqsimlanadi, degan bir qancha savollar ustida
ularni fikr laydigan va yaratilgan ne’matlar qadriga etadigan kadrlar qilib
tarbiyalashdir. Shu bilan bir vaqtda keyingi yuqori kurslarda o’qitiladigan





“Mikroiqtisodiyot” fani va boshqa fan sohasidagi bilimlarning ham mutanosibligini,
bog’lanishini mukammal bo’lishini ta’minlashdir.


Shu nuqtai nazardan “Korxona iqtisodiyoti” fani barcha iqtisodiyot va moliya -
kredit mutaxassisligi talablari uchun juda ham zarur.


Ushbu fanning vazifasi – jamiyatning butun hayot - mamotini hal qiluvchi
dastlabki ishlab chiqarish bo’g’inlarida turli xildagi moddiy ne’matlarni yaratish
yoki xizmat ishlarini bajarish jarayonidagi eng muhim iqtisodiy masalalarni
o’rgatib, keyinchalik ular yordamida korxonalarning, moliya va bank tashkilotlari
ishining samarador bo’lishini ta’minlashdir. Ushbu fanda korxona resurslaridan
unumli foydalanish omillari, mahsulot sifatini oshirish, uni raqobatbardosh
bo’lishini ta’minlash yo’llari, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish
yo’llari izlanadi.


“Korxona iqtisodiyoti” fanida korxona iqtisodiyotining ilmiy asoslari, ishlab
chiqarishni tashkil etish shakllari, usullari, qoidalari amaliy mashg’ulotga
asoslangan holda o’rganiladi.


“Korxona iqtisodiyoti” bir qator iqtisodiy fanlar: Mikroiqtisodiyot, statistika
nazariyasi, buxgalteriya hisobi, iqtisodiyot nazariyasi, moliya, bank ishi, korxonalar
xo’jalik faoliyatini tahlili, tadbirkorlikning huquqiy asoslari, menejment
investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish va boshqa fanlar bilan uzviy
aloqador bo’ladi.



Download 146.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling