Respublikasi oliy va o’rta maxsus


Talabalar bilimi va mahoratiga talablar


Download 146.31 Kb.
bet3/14
Sana06.04.2023
Hajmi146.31 Kb.
#1333171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Respublikasi oliy va

Talabalar bilimi va mahoratiga talablar


Talabalar o’quv rejasiga kirgan barcha iqtisodiyot fanlarini bilish uchun korxona
iqtisodiyoti sohasidagi barcha bilimlar majmuasini o’rganishlari, qamrab olishlari
zarur. Ular korxonani ishlab chiqarish tuzilishi, ishlab chiqarish texnikasi va
texnologiyasi, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirish shart - sharoitlari,
talablari, korxonada ishlab chiqarishni iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy va ijtimoiy
boshqarilishi asoslarini yaxshi bilmoqlari, tasavvur qilmoqlari lozim bo’ladi.
Talabalar korxona ishlarini tashkil etish, korxona faoliyatini rejalashtirish, tahlil
qilish va eng samarador usullarini tanlay olish sohasida amaliy tajribalarga ega
bo’lishlari kerak. Talabalar korxona xo’jaligidagi muammolarni tashqi sohadagi
faoliyat turlari – investitsiya, soliq, bojxona xizmati, kredit va moliya tizimlari bilan
o’zaro aloqadorligini o’rganishlari zarur.


Amaliy va seminar mashg’ulotlarda bajariladigan ishlarga talablar





Namunaviy dasturdagi mavzular bo’yicha seminar va amaliy mashg’ulot
darslari uchun talabalarga ko’rsatmalar chop etib tarqatiladi, savolnomalar,
adabiyotlar ro’yxati, testlar tavsiya etiladi. Berilgan axborotlar asosida talabalar
fanni o’zlashtirishga kirishadilar.


Auditoriya mashg’uloti turlarining soatlar hajmi


“Korxona iqtisodiyoti” fani o’quv rejasiga ko’ra kunduzgi fakultetlarda 2
kursning yarim yilligida o’qitiladi. Fan uchun ajratilgan umumiy soatlar 58 s.
bo’lib, shundan 36 soati auditoriya dars soatlari hisoblanadi, qolgan 22 soat esa
mustaqil ta’limga mo’ljallangan.


Talabalar bilimini baholash uchun o’tkaziladigan nazorat tadbirlari miqdori


Reyting tizimi talablariga ko’ra fan bo’yicha 70 % o’zlashtirish darajasi amaliy
va seminar hamda ma’ruza mashg’ulotlariga to’g’ri keladi. Shuning uchun amaliy
va seminar darslarida ushbu Dasturda mo’ljallangan mavzularni o’zlashtirish zarur
bo’ladi. Buning uchun talabalar kafedra ishlab chiqqan savolnomalar, mustaqil
ta’lim topshiriqlari, masalalar, amaliy ish o’yinlari, testlar, yozma nazorat ishlarini
bajarib fanni o’zlashtirib boradilar va shunga yarasha baholanadilar.



Download 146.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling