Respublikasi oliy va o’rta maxsus
Download 146.31 Kb.
|
Respublikasi oliy va
1. SO’Z BOShI
“Korxona iqtisodiyoti” fanidan talabalarga bilim berishdan maqsad – ularga moddiy ne’matlar qaerda va qanday sharoitlarda, kimlar tomonidan, qaysi texnologiya, xom ashyo va materiallar ishtirokida bunyod etilishini tasavvur qildirishdir; xom ashyo resurslarini tayyor mahsulotga aylantirish, uni iste’molchiga etkazish jarayonlari qanday kechadi, uni kim qanday tashkil etadi, foydaga qaysi yo’llar bilan erishadi va u qanday taqsimlanadi, degan bir qancha savollar ustida ularni fikr laydigan va yaratilgan ne’matlar qadriga etadigan kadrlar qilib tarbiyalashdir. Shu bilan bir vaqtda keyingi yuqori kurslarda o’qitiladigan “Mikroiqtisodiyot” fani va boshqa fan sohasidagi bilimlarning ham mutanosibligini, bog’lanishini mukammal bo’lishini ta’minlashdir. Shu nuqtai nazardan “Korxona iqtisodiyoti” fani barcha iqtisodiyot va moliya - kredit mutaxassisligi talablari uchun juda ham zarur. Ushbu fanning vazifasi – jamiyatning butun hayot - mamotini hal qiluvchi dastlabki ishlab chiqarish bo’g’inlarida turli xildagi moddiy ne’matlarni yaratish yoki xizmat ishlarini bajarish jarayonidagi eng muhim iqtisodiy masalalarni o’rgatib, keyinchalik ular yordamida korxonalarning, moliya va bank tashkilotlari ishining samarador bo’lishini ta’minlashdir. Ushbu fanda korxona resurslaridan unumli foydalanish omillari, mahsulot sifatini oshirish, uni raqobatbardosh bo’lishini ta’minlash yo’llari, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo’llari izlanadi. “Korxona iqtisodiyoti” fanida korxona iqtisodiyotining ilmiy asoslari, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari, usullari, qoidalari amaliy mashg’ulotga asoslangan holda o’rganiladi. “Korxona iqtisodiyoti” bir qator iqtisodiy fanlar: Mikroiqtisodiyot, statistika nazariyasi, buxgalteriya hisobi, iqtisodiyot nazariyasi, moliya, bank ishi, korxonalar xo’jalik faoliyatini tahlili, tadbirkorlikning huquqiy asoslari, menejment investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish va boshqa fanlar bilan uzviy aloqador bo’ladi. Download 146.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling