Respublikasi oliy va o‘rta
Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni
Download 228.89 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushunchaning samarali o‘zlashishini ta’minlaydigan metodik shartlar Reja
- Boshlang‘ich sinflarda so‘zning morfemik tarkibini o‘rganish metodikasi Reja
- So‘z turkumlarini o‘rganish metodikasi Reja
Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarnishakllantirishning metodik asoslari Reja:Grammatik tushunchalarning mohiyati. Ularni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar. Tushunchani o‘zlashtirish ustida ishlash jarayoni. Boshlang‘ich sinflarda morfologiyadan “ot”, “sifat”, “son”, “fe’l”, “bog‘lovchi” tushunchalarni, sintaksisda “gap”, “ega”, “kesim”, “ikkinchi darajali bo‘lak” tushunchalarini, so‘z yasalishidan “o‘zak”, “qo‘shimcha”, “o‘zakdosh so‘zlar” kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish olib boriladi. Tushuncha nima? Tushunchani o‘zlashtirish jarayoni qanday kechadi. Tushuncha atrof-muhitdagi hodisalarning muhim belgilari va o‘zaro aloqadorlik aks etgan tafakkur shaklini tasvirlab ko‘rsatadi. Grammatik tushunchalarda ham boshqa tushunchalar kabi hodisalarning muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavxumligi bilan farqlanadi. Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o‘quvchilarda tushuncha juda ko‘p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavxum tafakkur rivojlangan bo‘lishi kerak. Mavxum tafakkur ta’lim jarayonida maxsus mashqlar orqali rivojlantirilib boriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning mavxum tafakkurlarini rivojlantirib boriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning mavxum tafakkurlarini rivojlantirishga e’tibor bermasa, o‘quvchilar so‘zlarni taqqoslay olmaydilar Va ularni muhim xususiyatlariga ko‘ra bir guruhga birlashtira olmaydilar. Masalan: yurmoq, ekmoq, chopmoq, uxlamoq, ko‘karmoq, o‘smoq yoki kitob, do‘st, gulchi, qahramonlik, qadam, tinchlik va h. Demak, tushunchani shakllantirish uchun o‘quvchilarda mavxumlashtirish ko‘nikmasini o‘stirish, ular diqqatini so‘zning aniq leksik ma’nosidan grammatik ma’nosiga qaratish va shu guruhdagi so‘zlarga oid umumiy grammatik belgilarni hisobga olgan holda bularni bir guruhga birlashtirishni talab etadi. Grammatik tushunchani o‘zlashtirish uzoq davom etadigan jarayondir. Bu jarayon shartli ravishda 4 bosqichga bo‘linadi; bosqich – tushunchaning muhim belgilarini ajratish maqsadida til materialini taxlil qilish. Bu bosqichda ma’lum so‘z va gaplarning leksik ma’nosidan kelib chiqib, mavxumlashtirish amalga oshiriladi va til hodisasi uchun xos bo‘lganlari ajratiladi. bosqich – tushunchaning belgilarini umumlashtirish, ular orasidagi bog‘lanishlarni aniqlash, atama berish. bosqich – tushuncha ta’rifini ifodalashni tushunish, belgilar mohiyatini va ular orasidagi bog‘lanishni aniqlash. bosqich – yangi til materiali asosida o‘rganilayotgan tushunchani aniqlashtirish, bilim tajribaga tatbiq etiladigan mashqlar ishlash. Ko‘rsatilgan bosqichlarni “Fe’l” grammatik tushunchasini shakllantirish jarayonini misolda ko‘rsatib beriladi. Grammatik tushunchalarni o‘quvchilar ongli o‘zlashtirishlari uchun o‘qituvchi quyidagilarga alohida e’tibor berishi zarur; O‘quvchilar faqat darslikdagi misoldan foydalanmay, o‘zlari mustaqil yoki o‘qish kitobidagi matnlardan topa olsinlar. Qoida aytilgach, o‘quvchidan shu qoidaga mos so‘z yoki so‘z birikmasini qidirib topish yoki o‘ylab topgan misoli orqali qoidani isbotlash talab qilishi. Tushunchaning o‘ziga xos belgilarini qoidani qismlarga bo‘lgan holda sanab berishini so‘rash. Tushunchaning samarali o‘zlashishini ta’minlaydigan metodik shartlar Reja:O‘quvchilar aqliy faoliyatining faolligi. O‘quvchilarda so‘z va gapga lingvistik munosabatni o‘stirish ustidagi ishlar. Yangi tushunchani ilgari o‘rganilgan tushunchalar tizimiga kiritish. Ayrim til kategoriyalari bog‘lanishining mohiyati yangitil kategoriyasini o‘rgatish jarayonida ochiladi. Tushunchani ko‘rgazmali o‘rganish. Bilimni o‘zlashtirishning natijasi ma’lum darajada o‘qitish metodlariga bog‘liqdir. Grammatik tushunchani shakllantirishda izlash metodidan foydalanish samarali hisoblanadi. Talabalardan muammoli vaziyat, uning ahamiyati haqida “Pedagogika”dan o‘rganilganlari so‘rab, esga olinadi. 3-sinfda “So‘z yasovchi qo‘shimchalar” mavzusini o‘rganish namunasi bayon qilinadi. Gul gulchi Traktor traktorchi Paxta paxtazor Topshiriq 1. So‘zlarni diqqat bilan o‘qing, ma’nolaridagi farqni o‘ylab ko‘ring. 2. Shu so‘zlarning ma’nosini farqlashga xizmat qilayotgan qismni o‘ylab toping. Savol javobdan so‘ng o‘quvchilar o‘z xulosalarini aytadilar. O‘qituvchi ularning javoblarini yakunlaydi. Bu metoddan orfografik qoidalar o‘rganilganda ham foydalanish mumkin. Demak, darsda til faktlarini kuzatish metodidan foydalanilganda, muammoli vaziyat yaratiladi, o‘quvchilar til hodisalarini taxlil qilish, taqqoslash kabi aqliy faoliyatlarini bajaradilar. O‘quvchilarda so‘z va gapga lingvistik munosabat nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, mavxum tafakkurni o‘stirish jarayonida shakllantiriladi, tilning semantik va grammatik tomonining bir- biriga ta’sirini anglashni bildiradi. O‘quvchilar tilni ularda til birikmalarini ya’ni, so‘z morfema, so‘z birikmasi, gapga lingvistik munosabatini parallel shakllantirish bilan birga ongli o‘zlashtiradilar. So‘zga lingvistik munosabat so‘zni tovush tahlil qilib uning tovush va grafik tomonini o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash, so‘zni morfemik tahlil qilish va so‘zga lekisk ma’no berishda morfemaning tahlil qilish va so‘zga leksik ma’no berishda morfemaning rolini tushunish, so‘zni garmmatik taxlil qilish va muayyan so‘z turkumiga oid ekani bilan uning grammatik belgilari o‘zaro bog‘liqligini tushunish ko‘nikmasining shakllanishiga qarab o‘sib boradi. Lingvistik munosabat o‘quvchilarda asta-sekin shakllantirib boriladi, ularda bilish, tushunib olish saviyasiga ham har xil bo‘ladi. Masalan, so‘z birikmasida so‘zlarning o‘zaro munosabati. Tushunchani o‘zlashtirish bilimni nutq tajribasiga tatbiq etishning muhim sharti hisoblanadi. Tushunchalar orasidagi bog‘lanishni vujudga keltirish, amalga oshirish o‘quvchilar o‘zbek tilidan egallaydigan bilimlar tizimiga hamda tildan ongli foydalanishga poydevor bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zlashtiradigan asosiy bog‘lanish yo‘llaridan birini ko‘rib chiqamiz. Kim? Nima? So‘rog‘iga javob bo‘ladi, predmetni bildiradi – birlik va ko‘plikni bildiradi – egalik bilan o‘zgaradi – kelishiklar bilan turlanadi. Maktab dasturi lingvistik materialni o‘rganishda yangi o‘rganilgan materialning ilgarigi o‘rganilganlar bilan bog‘lanishni ko‘zda tutadi. Bu o‘rinda talabalardan misollar keltirish so‘raladi. Ayrim til kategoriyalari bog‘lanishning mohiyati yangi til kategoriyasini o‘rganish jarayonida ochiladi. Masalan, so‘zning ma’noli qismlarini o‘rganish jarayonida bir yo‘la muhokama qilinadi, chunki morfemaning ahamiyatini boshqacha yo‘l bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Masalan, ishchi-ishla, ishchan. Bilish komponentlari o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash bilimni tajribaga, o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqiga tatbiq etish imkoniyatini beradi. Ta’lim jarayonida ko‘rgazmaning qanday ahamiyati bor? 2. Ko‘rgazmalar tayyorlashda nimalar hisobga olinadi? Savollarga talabalardan olingan javoblar xulosalanadi. Tushunchani shakllantirish jarayonida ham ko‘rgazmalardan foydalaniladi. Bunda jadval, sxema, biror predmet va uning rasmi hamda muayyan til materialining o‘zidan foydalaniladi. O‘zakdosh so‘zlarni o‘rganishda qo‘llanadigan ko‘rgazma namoyish qilinadi. Ko‘rgazma turlaridan maqsadga muvofiq foydalanish kerak. Boshlang‘ich sinflarda so‘zning morfemik tarkibini o‘rganish metodikasi Reja:So‘zning morfemik tarkibi. So‘z yasalishi ustida ishlashning ahamiyati va vazifalari. So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish tizimi. O‘zakni o‘rganishning xususiyatlari. So‘z yasovchi qo‘shimchalar ustida ishlash. Shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar ustida ishlash. So‘zning leksik ma’nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til haqidagi fanda o‘zining nazariy asosiga ega Morfema – so‘zning eng kichik, bo‘linmaydigan ma’noli qismi. Morfema ikki turga bo‘linadi; 1. O‘zak morfema – so‘zda albatta qatnashadigan va leksik ma’no anglatadigan morfema 2. Affiksal morfema – mustaqil holda leksik ma’no anglatmay, so‘zning leksik va ma’nolarining shakllanishi xizmat qiladigan morfema. Qo‘shimchalar 2 turga bo‘linadi: So‘z yasovchi qo‘shimchalar. So‘zning leksik ma’nosini shakllantirish uchun xizmat qiladigan. Forma yasovchi qo‘shimchalar so‘zlarning grammatik formalarini shakllantirib, turli grammatik ma’nolarini ifodalaydi. So‘zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o‘quvchilar so‘zning leksik ma’nosini aniqlashning asosiy usullarini bilib oladilar. Bunda o‘qituvchining vazifasi bolalar so‘zlarining leksik ma’nosi va morfemik tarkibi bir-biriga bog‘liqligini bilib olish uchun eng qulay sharoit yaratish, shu asosda ularning lug‘atiga aniqlik kiritishga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish hisoblanadi. So‘z morfemani rolini anglash, shuningdek qo‘shimchalarning semantik ma’nosini bilish o‘quvchilarda nutqning aniq shakllanishiga ta’sir etadi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar so‘zning leksik ma’nosini tushunibgina qolmay, matnda aniq affiksli so‘zlardan ongli foydalanishlarni oshirish hisoblanadi. So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish orfografik malakalarni shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Morfologik tamoyil o‘zbek orfografiyasining yetakchi tamoyili bo‘lib, bunga binoan so‘zlar va ularning tarkibiy qismi, (o‘zak va qo‘shimchalar) asliga muvofiq yoziladi. O‘zak va qo‘shimchalarni to‘g‘ri yozish malakasini nazariy asosda shakllantirish fonetik so‘z yasalishiga oid, grammatik bilimlarni maqsadga muvofiq tatbiq etishni talab qiladi. Shuning uchun so‘zning morfemik tarkibini o‘rganishning muhim vazifalaridan biri o‘zak va qo‘shimchalarni to‘g‘ri yozish malakasini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar asosini yaratish hisoblanadi. So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini o‘stirishda, xususan, til birligi sifatida so‘zni umumiy bilib olish uchun zarur bo‘lgan maxsus aqliy ko‘nikmalarni shakllantirishda ham ahamiyatli. O‘qituvchining vazifasi ta’lim jarayonida bilimni o‘zlashtirish bilan o‘quvchilarni aqliy faoliyatini o‘stiradigan mavxumlashtirish, analiz, taqqoslash ko‘nikmalarni shakllantiradigan sharoit yaratish hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq, so‘zning morfemik tarkibi 2-sinfda o‘rganiladi. 3-sinfda so‘z turkumlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda so‘zning tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish ko‘zda tutiladi. Avvalo, til materialini o‘rganish sistemasi nimaligi aniqlab olamiz. Til materialini o‘rganish sistemasi deganda, ilmiy asoslangan izchillikdagi va o‘zaro bog‘lanishdagi bilimlar kompleksini o‘zlashtirishni ta’minlaydigan maqsadga qaratilgan jarayon, shuningdek, shu asosda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish ko‘zda tutiladi. Mavzuni o‘rganishda 4 bosqich amalga oshiriladi: bosqich – so‘z yasalishini o‘rganishga tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichning vazifasi- o‘quvchilarni bir xil o‘zakli so‘zlarning ma’no va tuzilishiga ko‘ra bog‘lanishni tushunishga tayyorlash. bosqich – bir xil o‘zakli so‘zlarning xususiyatlari va barcha morfemalarning asosiy o‘quv vazifasi so‘zlarning ma’nolari qismlari sifatida o‘zak, so‘z yasovchi va forma yasovchi qo‘shimchalar bilan tanishtirish. “O‘zakdosh so‘zlar” tushunchasini shakllanitirish; bir xil o‘zakli so‘zlarda o‘zakning bir xil yozilishini kuzatish hisoblanadi. “O‘zakdosh so‘zlar” tushunchasini shakllantirish ularning ikki muhim belgisini, ya’ni mazmuniy va mazmuniy umumiylikning (ma’nosida qandaydir umumiylik borligini) va tuzilishiga ko‘ra umumiylikni (umumiy o‘zak mavjudligini) o‘zlashtirishga ta’lim jarayonida sharoit yaratish lozim. Ta’limning bu bosqichida o‘quvchilarning morfema haqidagi bilimlarni yetarli emas, ularni bu tushunchalar bilan amaliy mashqlarni bajarish jarayonida endigina tanishtirilayapti. Shuning uchun o‘qituvchi tarkibi va yasalish usuli o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan so‘zlarni tanlaydi. Bu so‘zlarni analiz va sintez qilishni boshqaradi, so‘zlarning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibi o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘quvchilar bilib olishlarga doimiy g‘amxo‘rlik qiladi. 3- bosqich – o‘zak, so‘z yasovchi va forma yasovchi qo‘shimchalarning xususiyatlari va tildagi rolini o‘rganish metodikasi. Bu bosqichning o‘quv vazifasiga “o‘zak”, “so‘z yasovchi qo‘shimcha”, “forma yasovchi qo‘shimcha” tushunchalarini shakllantirish, so‘zning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibi o‘rtasidagi bog‘lanish haqidagi tasavvurlarni o‘stirish, o‘zakda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshli so‘zlarni to‘g‘ri yozish malakasini shakllantirish, nutqda so‘z yasovchi qo‘shimchasi bor so‘zlarni ongli ishlatish ko‘nikmasini o‘stirish kiradi. Bu bosqichning vazifasi bir- biri bilan ma’lum bog‘lanishda hal qilinadi. Masalan, so‘zda har bir morfemaning rolini o‘zlashtirish asosida o‘quvchilar so‘zning leksik ma’nosi bilan uning morfemik tarkibi o‘rtasidagi bog‘lanishni bilib oladilar. Bracha vazifalar bilan bog‘liq holda, so‘zlarning morfemik tarkibini hisobga olib, ulardan nutqda mumkin qadar aniq va ongli foydalanish vazifasi ham bajariladi. O‘zakni o‘rganishning xususiyatlari. “O‘zak” tushunchasini shakllantirishda o‘quvchilar o‘zak o‘zakdosh so‘zlarning umumiy qismi ekanini va u barcha bir xil o‘zakli so‘zlarning ma’nosidagi umumiylikni o‘z ichiga olishi bilan tanishtiriladi. So‘z yasovchi qo‘shimchaning roli bilan tanishtirish va shu asosda so‘z yasovchi qo‘shimchali so‘zdan o‘z nutqida ongli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish hisoblanadi. O‘quvchilar so‘z yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi leksik ma’no tushunishi muhim ahamiyatga ega. Forma yasovchi qo‘shimchalarni o‘rganish xususiyatlari. Har bir morfemaning lingvistik mohiyatda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Forma yasovchi qo‘shimchada grammatik funktsiya yetakchi hisoblanadi, bu bilan u so‘z yasovchi qo‘shimchadan farqlanadi. 4-bosqich – so‘z turkumlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda so‘zning tarkibi ustida ishlash, (3-sinf). So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish sistemasida bu bosqichning maqsadi so‘z yasovchi qo‘shimchaning so‘z shaklini o‘rganishdagi ahamiyati haqidagi bilimni chuqurlashtirish; o‘quvchilarni ot, sifat, fe’llarning yasalish xususiyatlarini tushunishga tayyorlash hisoblanadi. So‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarga so‘z turkumidan boshqasini yoki shu so‘z yasovchi qo‘shimcha yordamida bir so‘z turkumidan boshqasini yoki shu so‘z turkumining o‘zini yasash mumkinligini tushuntiradi. Masalan, ot ko‘proq boshqa bir otdan (baliqchi, ishchi; sinfdosh, sirdosh; bog‘bon, oshpaz, kitobxon) shuningdek fe’ldan (elak, kurak, yutuq); sifat ko‘proq otdan (suvli, suvsiz, o‘tli, o‘tsiz) shuningdek fe’ldan (maqtanchoq, o‘tkir, sezgir Fe’llar otdan (ishla, gulla, gapir) sifatdan (oqla, yaxshila, eskir, qoray) yasaladi. O‘quvchilarni so‘z yasalishi xususiyatlarini tushunishga tayyorlash uchun o‘qituvchi ularga muayyan bir yangi so‘z qaysi so‘zdan va qaysi forma yordamida yasalganini aniqlashga qaratilgan topshiriq beradi. Masalan, o‘qituvchi chegara otini aytadi va chegarani qo‘riqlaydigan kishini bildiradigan o‘zakdosh ot tanlashni topshiradi (chegarachi). Vazifani boshqacharoq berish ham mumkin: o‘qituvchi so‘zni va so‘z yasovchi morfemani beradi. O‘qituvchining vazifasi yangi so‘zni to‘g‘ri yasash va leksik ma’nosini tushuntirish hisoblanadi. Masalan, baliq so‘zidan –chi qo‘shimchasi yordamida yangi so‘z yasash, (baliqchi), uning leksik ma’nosini tushuntirish qaysi so‘z turkumi ekanini aytish topshiriladi. Ikkala topshiriqda ham o‘quvchilar so‘zni morfemik taxlil qiladilar. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar e’tiborini hosil bo‘lgan so‘z qaysi morfema yordamida, qaysi so‘z turkumidan yasalganiga, qanday mashqlarda tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibining o‘zaro bog‘liqligiga va biror so‘z turkumiga xarakterli bo‘lgan so‘z yasalishi usuliga asoslaniladi. Bunday mashq turlaridan ayrimlari: O‘zakdosh so‘zlari bo‘lgan matnni leksik-so‘z yasalishi tomonidan taxlil qilish. Masalan, quyidagi kabi matn yozdiriladi: Hovlimizda gulzor bor. Gulzorga har xil gul ekilgan. Ularni gulchi akam parvarish qiladi. Gullar chamandek ochiladi. O‘qituvchi rahbarligida bir o‘zakdosh so‘zdan boshqasi qanday, qaysi morfema yordamida yasalgani, u qaysi so‘z turkumiga kirishi, qanday ma’no bildirishi aniqlanadi. Leksik ma’nosi keng tushuntirilgan so‘zni o‘zakdosh so‘z bilan almashtirish. Topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zga o‘zakdosh bo‘lgan bir so‘z toping. Uning qaysi turkumiga kirishini ayting va uni so‘z tarkibiga ko‘ra taxlil qiling. Olma daraxti ko‘p joy (olmazor). Paxta yetishtirish bilan shug‘ullanadigan kishi (paxtakor). O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida shu so‘z qaysi so‘zdan va qanday qo‘shimcha yordamida yasalganini aniqlaydilar. Har xil so‘z turkumiga kiradigan o‘zakdosh so‘zlardan qatnashtirib gap tuzish. So‘z yasashga doir vazifalar. Oq, ish, so‘zlardan –la, -chi qo‘shimchalari yordamida yangi so‘zlar yasang. Berilgan va siz yasagan so‘zlar qaysi so‘z turkumiga kirishini isbotlang. Ish, paxta, kolxoz otlaridan o‘zakdosh otlar yasang. So‘zlarni tarkibiga ko‘ra taxlil qiling. Fe’ldan ot yasash uchun qanday qo‘shimchalardan foydalandingiz? Bu vazifalar o‘quvchilardan so‘z yasalishi xususiyatlariga, so‘zlarning morfemik tarkibiga e’tibor berishni talab etadi va so‘zning morfemik tarkibi shu so‘zning muayyan bir so‘z turkumiga oid ekani bilan bog‘liqligini aniqlashga qaratiladi. Quyidagi kabi savol va topshiriqlarni bajarish asosida o‘quvchilar so‘zning morfemik tarkibini qanday o‘zlashtirganini aniqlash mumkin: Savollarga javob berish: 1. So‘zda qaysi qism eng asisoysi hisoblanadi? Nima uchun? So‘z yasovchi qo‘shimcha qanday vazifani bajaradi? Misol bilan isbotlang. 3. So‘zda forma yasovchi qo‘shimcha nima uchun xizmat qiladi? Isbotlang. Ikki so‘zning ma’nosi va tarkibini taqqoslash. Buning uchun o‘quvchilar o‘zak va so‘z yasovchi qo‘shimchalarning semantik rolini qanchalik tushunganini aniqlashga imkon beradigan so‘zlar tanlanadi. (ishladi va boshladi, paxtakor va paxtazor) So‘zlarni taqqoslab, o‘zakdosh yoki o‘zakdosh emasligini isbotlash (tuz, tuzdon, tuzli, tuzsiz, tuzladi) qaysi qism ularni o‘zakdosh qilayapti? Savollariga javob berish. Bog‘bon, o‘roq, bog‘ni, ishchidan so‘zlarini tarkibiga ko‘ra taxlil qilish: 1. O‘zak va so‘z yasovchi qo‘shimchadan. 2 O‘zak va forma yasovchi qo‘shimchadan. 3. O‘zak va so‘z yasovchi, forma yasovchi qo‘shimchalardan tuzilgan so‘zlar tanlash. Tayanch so‘zlar asosida o‘qituvchi tavsiya etgan mavzuga oid kichik hikoya tuzish. So‘z turkumlarini o‘rganish metodikasi Reja:So‘z turkumlari haqidagi ko‘nikmalarning shakllantirilishi. So‘z turkumlarini shrganishdagi asosiy vazifalar. Boshlang‘ich sinflarda otni o‘rganishdagi asosiy vazifalar. Otni o‘rganishdagi izchillik. So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so‘zlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli gruppalarga ajratilishi – so‘z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi. So‘zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda 3 belgiga: 1)leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni predmet, harakat yo holat, belgi kabilarning umumlashitirilgan ma’nolari); 2)morfologik (so‘zning turli shakl tizimi); 3)sintaktik (turli morfologik shakllarning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslanadi. Demak, so‘z turkumlari ustida ishlash o‘quvchilarning muayyan guruhlardagi so‘zlarning umumlashtirilgan ma’nolari, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlarga qaratilishi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida so‘z turkumi bilan umumiy tanishtirilgandan so‘ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o‘rganiladi. Bu so‘z turkumlarini o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidayoq ular taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va bu bilan shakllantiradigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar: so‘z nima bildirishi (predmet, predmet belgisi, predmet sanog‘i va tartibi, predmet harakati yoki holati); qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi; 3)o‘zgarish-o‘zgarmasliligi; 4)gapda, asosan, qanday bo‘lak vazifasida kelishi. O‘quvchilar mana shu o‘rgangan bilimlari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar. O‘quvchilar nimani o‘rganganlariga qarab, har bir so‘z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya, chuqurlasha boradi. Dasturga ko‘ra, 1-2-sinflarda so‘zlar javob bo‘ladigan morfologik so‘roqlarga qarab tasnif qilinadi. 3-sinfda “so‘z turkumi” tushunchasi shakllantiriladi. O‘quvchilar har bir so‘z turkumiga xos ayrim belgilar (so‘z turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanilishi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’lning gapdagi vazifasi) bilan tanishtiriladi. 4-sinfda so‘z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o‘quvchilar otlaning egalik va kelishiklar bilan o‘zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasi, kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe’llarda shaxs-son va zamonni o‘rganadilar. Quyidagi jadvalda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z turkumlari yuzasidan bilimlarning hajmi ko‘rsatilgan (1-jadval) O‘quvchilarda so‘z turkumlarini bilish ko‘nikmasi ularning belgilari yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, guladi so‘zlarining qaysi so‘z turkumiga kirishini bilish uchun 3-sinf o‘quvchisi quyidagicha fikr yuritadi: nima? –gul, bu so‘z predmet bildirayapti, ko‘plikda qo‘llanadi – gullar, bu ot; guldor so‘zi qanday? So‘rog‘iga javob bo‘layapti, predmet belgisini bildirayapti, bu sifat; gulladi so‘zi nima qildi? So‘rog‘iga javob bo‘layapti, predmet holatini bildirayapti, bo‘lishsiz shaklda qo‘llaniladi – gullamadi, bu fe’l. Boshlang‘ich sinflar dasturi o‘quvchilarni so‘z turkumlari mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga bo‘linishi bilan maxsuslashtirishni ko‘zda tutmaydi, ammo o‘qituvchi bolalarni so‘z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. Masalan, o‘quvchilar ot, sifat, son, olmosh, fe’l gap bo‘lagi vazifasida kelishini, bog‘lovchi gap bo‘lagi bo‘lmasligini biladilar. So‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o‘quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so‘zlarning ma’nosini aniq tushunishga erishish, bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlar, ularning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog‘lash muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini shakllanitrish, atrof-muhit haqidagi bilimlarni boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o‘stirish vazifasini ham amalga oshiriladi. 1-jadval
Download 228.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling