Respublikasi oliy va o‘rta
Download 228.89 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4- Mashg‘ulot (4- soat).
- Adabiyotlar ro ‘yxati.
Eslatma: chiroyli yozuvga e’tibor berish.
Belgi bildirgan so‘zlarning tagiga chizishni o‘rgatish. O‘qituvchi o‘quvchilarga ma’lum narsa o‘ziga xos belgi xususiyatiga ega bo‘lishi aytib o‘tadi. Masalan: Shirin qovun, qiziq ertak Qanday dala? – keng dala. Qanday suv? – tiniq suv. Mashqni davomini o‘quvchilar mustaqil bajaradilar. 5.140-mashq.Berilgan belgini bildirgan so‘zlarga mos shaxs yoki narsani bildirgan So ‘zlarni yozish o ‘qituvchi mashqni mustaqil uyga bajarishga tayyorlaydi. O‘quvchilarga yozishda qiynaladigan so‘zlarni tushuntirib, amaliy yordam beradi. 6. Darsni yakunlash shaxs yoki narsani bildirgan so‘zlarga qanday so‘roq beriladi ? Bergini bildirgan so‘zlarga –chi ? belgini bildirgan so‘zlar qaysi so ‘zlar bilan bog‘lanadi ? Belgini bildirgan so‘zlarni qanday belgilaymiz? 2. Sifat haqida tushuncha berish va shu grammatik mavzu bilan bog ‘lliq holda ayrim sifatlarning yozilishini o ‘zlashtirish (3-4- siniflar ). Daftardagi dars ishlanma yoziladi. Topshirqlar. 1.II sinf bo ‘yicha 1 soatlik dars ishlanmasi yozish. 2.IV sinf bo ‘ycha dars ishlanmasi yozish. 4- Mashg‘ulot (4- soat).Mavzu:Fe‘l so‘z turkumini o‘rganish darslari. Reja.Harakat bildirgan so‘zlar. I-sinf. Narsa va harakatni bildirgan so‘zlar. II-sinf. Fe‘l so‘z turkumi.Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe‘llar. III-sinf. Fe‘l. Fe‘l zamonlari. IV-sinf. Adabiyotlar ro ‘yxati.Ta’lim taraqqiyoti.Umumiy o‘rta ta’lim.Davlat ta’lim standarti.Boshlang‘ich ta’lim ona tili dasturi.Sharq.1999 yil. Boshlang‘ich ta’lim bo ‘yicha yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti. Toshkent.2005 yil. G‘afforova va boshqalar. Ona tili I-sinf. Sharq. 2005 yil. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili. “O‘qituvchi”.2003 yil. 75-86 bet Ikromova va boshqalar. Ona tili IV-sinf. Toshkent. “O‘qituvchi”.2003 yil. 131-153 bet. G‘ulomova X. va boshqalar.I-sinfda ona tili darslari. Toshkent. Sharq 2003 yil. 89- 96 bet. Qosimova K.Neymatova A. II-sinfda ona tili darslari. “O‘qituvchi kitobi”. Toshkent.Cho‘lpon 2004 yil. 89-98. betlar. Xudoyberganov M. va boshqalar.III-sinfda ona tili darslari. Toshkent. “O‘qituvchi”.2004 yil. 108-114 betlar. G‘ulomova X. va boshqalar.IV-sinfda ona tili darslari. Toshkent.“O‘qituvchi”2003 yil. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. “Nashr” 2009 yil. 129-149 betlar Dastlab o‘qituvchi talabalarga boshlang‘ich sinflarda fe‘l ustida ishlashdagi izchillik, bo‘limlar orasidagi bog‘lanish dastur materialining hajmi uning har bir sinfda o‘ganish usullari va vastrollar hamda shu so‘z turkumini o‘rganish vazifasi uning lingvistik xususiyatlari kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanishi haqida tushuncha beradi. sinfda fe’l ustida ishlashlashga tayyorgarlik savod o‘rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o‘quvchilarning diqqati e’tibori fe’lning leksik ma’nosiga qaratiladi. sinfda shaxs va narsalarning harakatini belgilangan so‘zlar bilan tanishtiriladi. Dars ishlanmasi (2-sinf) Mavzu: Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so‘zlar. Maqsad: Shaxs va narsalarning harakatini bildirib nima qildi? Nima qilyapti? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar bilan tanishtirish; shaxs va narsalar harakatini bildirgan so‘zlar beriladigan so‘roq bilan shu so‘zning ma’nosini taqqoslash ko‘nikmasini o‘stirish. Darsning borishi. 1.Kim?, nima? So‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar yuzasidan takrorlash. Biz so‘z bilan ayting va kim? So‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni chap tomonga, nima? So‘rog‘iga javob bo‘lgan soz‘larni o‘ng tomonga ustun shaklida yozing. 1.Bolalar ta’lim – tarbiya oladigan o‘quv yurti (Maktab) 2. Maktabda o‘qiydigan bola (o‘quvchi) 3. Go‘za ekilgan dala (Paxtazor) 4. Paxta yetishtiruvchi dehqon (Paxtakor) 5. Mevali daraxtlar ekilgan joy (Bog‘) 6. Bog‘ni parvarish qiladigan odam (Bog‘bon). Namuna: Kim? O‘quvchi. Nima? Maktab. O‘quvchilar bajargan ish tekshiriladi. Kim? Nima? So‘rog‘ga javob bo‘lgan nimalarni bildiradi. O‘qituvchi mavzuni xulosalaydi. Demak kim? so‘rog‘iga javob bo‘gan so‘zlarni shaxsni nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan narsalarning nimani bildiradi. Yangi mavzuni tushuntirish uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga 211-mashqni topshiriqlar tartibida bajarishni aytadi. Rasm asosida gaplar tuziladi. Narsa va shaxs harakatini bildirgan so‘zlar xattaxtaga yozib boriladi. O‘quvchilar mashqni bajarish orqali shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so‘zlar nima qildi? Nima qilyapti? Nima qiladi? So‘roqlarga javob bo‘lishini bilib oladilar. 212-213mashqlarni bajarish. mashqni bajarishda “Qishda” sarlavhali matn o‘qiladi va nima qildi?, nima qildilar? nima qilyapti? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar aniqlanadi. mashqni bajarish orqali o‘quvchilarga topishmoqni javobini topadilar. Topishmoqning javobini topishda qaysi so‘zlar yordam berdi. Ular qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? Bu so‘zlar nimani bildiradi? Savollariga o‘quvchilar javob beradilar va daftarga yozadilar. Nima qiladi? suyiladi, quyiladi, pishadi, tushadi, ketadi. 4. Darsni yakunlash. Darsda nimalarni bilib oldingiz? Nimalarni o‘rgandingiz? Uyga vazifa. 214-mashq. Harakatni bildirgan so‘zlarni qo‘yib gaplarni ko‘chiring. Qishda kunlar (nima qiladi?) isiydi. Qor ko‘p (nima qiladi?) yog‘adi. Suvlar (nimaqiladi?) muzlaydi. Download 228.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling