Respublikasi oliy va o‘rta
Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan reyting ishlanmasi va baholash mezonlari Reyting ishlanmasi
Download 228.89 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- –semestr (74 soat)
- Ona tili o ‘qitish metodikasi fanidan reyting ishlanmasi va baholash mezonlari
- “ONA TILI O‘ITISH METODIKASI” FANIDAN MA’RUZA MATNI
- Reja
- Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘zbek tili o‘rgatishning lingvistik asoslari.
Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan reyting ishlanmasi va baholash mezonlari Reyting ishlanmasi
Ona tili o ‘qitish metodikasi fanidan reyting ishlanmasi va baholash mezonlari Reyting ishlanmasi –semestr (74 soat)
–semestr (72 soat)
Ona tili o ‘qitish metodikasi fanidan reyting ishlanmasi va baholash mezonlariAmaliy mashg‘ulotda qatnashib, uning topshiriqlarini to‘la sifatli bajargan talabaga 3-4 ball beriladi. Agar to‘la bo‘lmasa, bajarish darajasiga qarab 2-2,9 balgacha beriladi. * Amaliy ishlar bo‘yicha talabalarga berilgan mustaqil ishlarning bajarilish hajmi va sifatiga qarab 1 baldan 2 balgacha berilishi mumkin (topshiriqlar to‘liq va sifatli, ijodiy tarzda bajarilgan ishlarga – 1,8-2 ball, sifatli va me’yor talabalari darajasida bajarilgan ishlarga – 1,5-1,7 ball; o‘rta darajada bajarilgan ishlarga – 1,1-1,4 ball qo‘yiladi). Oraliq baholash yozma tarzda o‘tkazilib, unda 3 ta savolga javob berilishi so‘raladi. Har bir savol 5 ballgacha baholanadi. Agar savol mohiyati to‘la ochilgan bo‘lsa, javoblari to‘la va aniq hamda ijodiy fikrlari bo‘lsa – 4,6-5 ball; Savolning mohiyati umumiy ochilgan, asosiy faktlar to‘g‘ri bayon etilgan bo‘lsa, - 3,6-4 ball; Savolga umumiy tarzda javob berilgan, ammo ayrim kamchiliklari bo‘lsa, 3,1 – 3,5 ball; Savolga umumiy javob berilgan, ammo ayrim faktlar to‘liq yoritilmagan bo‘lsa, 2,6 – 3 ball; Savolga javob berishga harakat qilingan, ammo chalkashliklar bo‘lsa, 1,6-2 ball beriladi. Talabaning mustaqil ishi – 1-4 sinf ona tili darsliklari bilan ishlash va ijodiy matn tayyorlash yuzasidan yozma uy ishi tarzida o‘tkaziladi. referatda mavzu yoki topshiriqlar mohiyati to‘liq ochilgan, to‘g‘ri xulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlari bo‘lsa, - 4-4,5 ball; mavzu mohiyati ochilgan, faqat xulosasi bor bo‘lsa – 3 -3,5 ball. mavzu mohiyati yoritilgan ammo ajratilgan kamchiliklari bo‘lsa - 2 -3 ball. mavzu mohiyati yoritilgan ammo ayrim kamchiliklari bo‘lsa – 1 -1,5 ball. Yakuniy baholashda talabaga 3 ta savolga yoki 30 ta test savoliga javob kirishi lozim: har bir savol javobiga 5 ball ajratiladi; agar savol mohiyati to‘la ochilgan bo‘lib, mavzu bo‘yicha talabaning tanqidiy nuqtai nazari bayon qilingan bo‘lsa – 4,5 – 5 ball; savolning mohiyati to‘la ochilgan, asosiy faktlar to‘g‘ri bayon qilingan bo‘lsa – 4,1-4,4 ball; savolga to‘g‘ri javob berilgan, lekin ayrim kamchiliklari bor bo‘lsa, - 3,1-4 ball; berilgan savolga javoblar umumiy va kamchiliklar ko‘proq bo‘lsa – 2,6-3 ball; test savolining har biri 0,5 ballik tizimida baholanadi. “ONA TILI O‘ITISH METODIKASI” FANIDAN MA’RUZA MATNIFONETIKA, GRAMMATIKA, SO‘Z YASALISHI VA ORFOGRAFIYANI O‘RGANISH METODIKASI Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda ona tilini o‘rganishning roli Reja:O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi omillar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tilning rivojlanib borishini o‘rgatish. O‘zbek tilini shrgatishga asos bo‘ladigan materiallarning ahamiyati. O‘quvchilarga ta’lim tarbiya berish vazifalaridan biri ularda dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu vazifani xal qilishda maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti. O‘quvchini shaxs sifatida muvaffaqqiyatli kamol toptirishdir. Quyida ko‘rsatilgan omillar tilni o‘rgatish bilan bog‘liq holda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish usulini belgilaydi. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati. Uning aloqa vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan boshlang‘ich sinflarda tilning o‘rgatishning yetakchi yo‘nalishi o‘quvchilar tilning aloqa vazifasini bajarishni tushunishlariga erishish hisoblanadi. Til bilan tafakkur o‘zviy bog‘liq bo‘lib, tafakkur so‘z vositasida yuzaga chiqadi. Til tafakkurning maxsuli hisoblanib ongdan tashqarida o‘zicha yashamaydi. Til va tafakkur atrofimizni o‘rab olgan moddiy borliqqa nisbatan ikkilamchidir. Til barcha tomonlari o‘zaro dialektik bog‘lanishda va birlikda bo‘lgan murakkab, ko‘p qirrali hodisa. Aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari bir biriga ta’sir etadi, shunday sharoitdagina til o‘zining aloqa funktsiyasini bajarishda ko‘rinadi. Uning jamiyat hayotidagi rolini aniq tushunishga yordam berish uchun: O‘quv jarayonida har bir til birligining nutqimizdagi rolini o‘quvchilar o‘zlashtirishini ta’minlash zarur. O‘quvchilar tilning aloqa funktsiyasini, tilning asosiy birliklar (fonema, morfema, so‘z, so‘z birikmasi) gaplarning vazifasini tushunish jarayonida o‘rganishdir. O‘quvchilarning tilning komunikativ funktsiyasini tushunishlari “Til har bir kishi va umuman jamiyat hayotida qanday rolni bajaradi?” savolga jamoa bo‘lib javob topishda ijodiy ta’sir ko‘rsatadi. Yoshlari oshgan sari odamning odam bo‘lishida tilning rolini tushuna boshlaydilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning tilga ijtimoiy hodisa sifatida qarashini shakllantirishda tilning kelib chiqishini tilda, ya’ni so‘zlarning paydo bo‘lishi haqida ularning saviyasiga mos bo‘lgan sirni yechish ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tilning rivojlanish haqidagi bilimini boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’l so‘z turkumlari so‘zning tarkibi bo‘lishi katta imkoniyatga ega. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning tilning o‘zlashtirish jarayonini tekshirish shuni ko‘rsatganki tilga ilmiy qarash asoslarini shallantirish uning muhim bog‘lanishlarini bilishga yordam beradi. Xususan, o‘quvchilarning so‘zning tovush tomoni bilan leksik ma’nosi, so‘zning grammatik ma’nosi bilan uning ma’lum so‘z turkumiga tegishliligi o‘rtasida bog‘lanish kabilarni bilib olishi shu maqsadga xizmat qiladi. Bu bog‘lanish tilning fonetik, leksik, so‘z yasalishi va grammatik tomonlarining bir-biriga ta’sir qilishini xarakterlaydigan umumiy bog‘lanishlarini xususiy ko‘rinishi hisoblanadi. Bu esa o‘quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Tildan bilim berishda o‘quvchilarning hayotiy tajribalari ga tayanish muhimdir. O‘qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo‘lgan faktik materiallarni yig‘ish bosqichida ham berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni o‘rganish natijasida o‘quvchilarning nutq faoliyatining sifati o‘zgaradi, ongliligi ortadi. Ona tilini o‘rganish jarayonida ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal qilishda maktabda o‘zbek tilini o‘rgatishga asos bo‘ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning haqiqiy tomoni uning g‘oyaviy yo‘nalishida va badiiy ifodaliligi o‘quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-tuyg‘ulariga ta’sir etadi. Atrof-muhit haqidagi bilimlarni kengaytiradi, tilga va uni yaratgan halqqa qiziqishini tarbiyalaydi, ularning shaxsiy sifatlarini belgilaydi. Demak, tilni o‘rganish jarayonida kichik yoshdagi o‘quvchilarni ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga quyidagi omillar o‘qituvchilarning metodologik pozitsiyasi, o‘quvchilar o‘zlashtiradigan til haqidagi bilimlar tizimi, o‘quvchilar o‘rgana oladigan usuli, tilni o‘rganishga asos bo‘ladigan materialning bilim berishdagi g‘oyaviy – siyosiy va badiiy qimmatini hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘zbek tili o‘rgatishning lingvistik asoslari.Download 228.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling