Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet101/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Qimmatli qog‘ozlar bozori turli ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar) ning oldi-sotdi munosabati. Mazkur bozor amalda fond birjalari, auksionlar va banklardan iborat bo‘lib, unda broker va dilerlar vositachilik qiladi. Qimmatli qog‘ozlarning harakati xususiyati bo‘yicha moliya bozori birlamchi va ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo‘linadi. Birlamchi bozorda yangi nusxadagi qog‘ozlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qog‘ozlar sotilsa, ikkilamchi bozorda qayta sotiladi. Iqtisodiyot uchun qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori favqulodda muhim ahamiyatga ega. U xo‘jalik subyektlari o‘rtasida moliyaviy vositalarning erkin harakat qilishini ta’minlaydi. Shu sababli ham O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida “sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek fond bozorini kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida rivojlantirish”ga1 katta ahamiyat berilmoqda. Buning uchun esa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, ayniqsa, valyuta bozori holati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug‘ilganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish zarur.
Hozirgi kunda keng rivojlanib borayotgan zamonaviy bozorlardan biri bu elektron savdo bozorlari bo‘lib hisoblanadi. U 2015 yil 9 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahriri bilan belgilanadi va amalga oshiriladi. Unda internet tarmog‘idagi tijorat sohasiga oid


1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 1-ilova, 3.1-band.
faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo‘llaniladi; kompyuter tarmog‘idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmati ko‘rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini ta’minlaydi.
Elektron tijorat – bu savdo va tijoratning noan’anaviy shakli bo‘lib, bunda oluvchi va to‘lovchi o‘rtasidagi munosabat va majburiyatlar elektron kommunikatsiya tizimi, kompyuter dastur ta’minoti, ma’lumotlar xavfsizligi va tartibga solish elektron tizimi orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutadi.
Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi quyidagilardan iborat:

  • xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega;

  • savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati;

  • ko‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat qila olish imkoniyati;

  • kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab topish va ushbu mahsulotlar mavjud bo‘lgan korxonalarga murojaat qilishda texnik va transport vositalaridan samarali foydalanish imkoniyati;

  • xaridorlarning yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;

  • hozirgi kundagi mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati;

  • elektron tijoratda savdoni tashkil etish korxonalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi.





    1. Download 1.87 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling