Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet99/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Muomalaga chiqadigan subyektlarning xususiyatiga ko‘ra ulgurji va chakana savdoni ajratish mumkin. Chakana savdoda, asosan, sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do‘konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda mahsulotlar yirik partiyalarda ko‘tarasiga sotiladi.
Bozorning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori hisoblanadi. Bu bozorda xo‘jalik subyektlarining barcha uchta turi: uy xo‘jaliklari, davlat va korxonalar qatnashadi.
Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi intellektual tovarlar bozoridir. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan tovarlar – ilmiy g‘oyalar, texnika yangiliklari, san’at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi qilinadi. Intellektual bozor tarkibida ilmiy-texnika ishlanmalarini ayirboshlash katta o‘rin tutadi. U amalda patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iborat bo‘lib, bu bozorda asosan, innovatsiya firmalari ish ko‘radi. Mazkur firmalar yangiliklar yaratish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida tovar sifatidagi mehnat vositalari va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina, asbob-uskuna, xomashyo, yoqilg‘i va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari ulgurji ravishda sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy iste’molga emas, ishlab chiqarish iste’moliga xizmat qiladi, ya’ni ishlab chiqarish talabini qondiradi.

tovar va xizmatlar

pul маблағлари

pul маблағлари

iqtisodiy rеsurslar
Bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste’mol tovarlari va resurslar bozori orqali ancha to‘liq va yorqin namoyon bo‘ladi (5.4-rasm).







Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling