Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet100/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

5.4-rasm. Iste’mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor subyektlari o‘rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati1.




1 Muallif tomonidan ishlab chiqildi.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, uy xo‘jaliklari va davlat iqtisodiy resurslarga egalik qilib, ularni resurslar bozoriga yetkazib beradi. Korxonalar resurslarga talab bildiradi. Korxonalarning resurslarni sotib olishga sarflagan pul mablag‘lari resurslarni yetkazib beruvchilarning daromadlari (ish haqi, renta, foiz va foyda) oqimini tashkil qiladi.
Uy xo‘jaliklari resurslarni sotishdan olinadigan pul daromadlarini sarflash jarayonida ko‘plab tovar va xizmatlarga o‘zlarining talabini bildiradi. Bir vaqtda korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmatlarni taklif qiladi. Tovar va xizmatlarga iste’mol sarflari oqimi korxonalarning pul tushumi yoki daromadini tashkil qiladi.
Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil qiladi. Ishchi kuchi bozorida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi kuchiga bo‘lgan talab, uy xo‘jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi bilan to‘qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy subyektlarning ikki turi – tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi kuchi insonning mehnat qilish qobiliyati sifatida tovarga aylanadi, bu qobiliyat bozor orqali uning egasidan ajratib olinishini bildirmaydi. Ishchi kuchi bozorida insonning o‘zi emas, uning mehnat qilish qobiliyati ma’lum muddatga sotiladi.
Moliya bozori turli-tuman va ko‘p jihatli bo‘lsa ham oldi-sotdi obyekti bitta, ya’ni pul (pulga tenglashtirilgan qog‘ozlar) hisoblanadi. Ortiqcha mablag‘larga ega bo‘lgan xo‘jalik subyektlari o‘z moliyaviy resurslarini ularga ehtiyoj sezgan subyektlarga taklif qiladi.
Moliya bozorini moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab turkumlash mumkin. Bunda moliya bozori ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari bozori va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarzga olinadi va shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladi. Kapital (mulk) bozorida jamg‘arishga qo‘yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag‘lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozorini ikkita bo‘g‘inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli
qog‘ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori – pul shaklidagi kapitalning foiz to‘lash sharti bilan qarzga berish bo‘yicha oldi-sotdi munosabatidir. Bu bozorda asosan davlat va banklarning qisqa muddatli majburiyatlari muomalada bo‘ladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling