Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet123/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, boshqa o‘zgarmas sharoitlarda qo‘y go‘shti narxining pasayishi natijasida undan olinadigan foyda darajasi ham pasayib, qassoblar tomonidan mol go‘shti taklifining oshirilishiga olib keladi.

  • Narx o‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxi o‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.

  • Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko‘payadi.

    Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif
    kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo‘lmaydi.
    Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham noo‘zgaruvchan bo‘ladi.



      1. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. Bozor muvozanati

    Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o‘zgarib turishini ko‘rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda bo‘ladi, bu nisbatlar o‘zgarib turadi. Ba’zan talab taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko‘tirilsa, ayrim paytda taklif talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib ketadi.



    Download 1.87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   450




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling