Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet151/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Xulosalar

  1. Raqobat bozor iqtisodiyotining muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib, u bir tomondan, ishlab chiqarish munosabati sifatida namoyon bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. Raqobat ishlab chiqarish samaradorligiga erishish va iqtisodiy resurslarni optimal taqsimlashga imkon yaratadi.

  2. O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat eng avvalo ikki turga – tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Bular sof raqobat, monopollashgan raqobat, sof monopoliya va oligopoliyadir. Sof raqobat va sof monopoliya real hayotda kam uchraydi.

  3. Raqobat – xo‘jalik yuritishning asosiy dastaklaridan biri hisoblangani uchun raqobat muhitining shakllanishi bozor iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga bog‘liqdir. Raqobat muhiti deb bozor munosabatlari ishtirokchilarining xo‘jalik yuritishda teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan iqtisodiy, qonuniy, tashkiliy va siyosiy sharoitlar majmuasiga aytiladi. Raqobat muhitining mavjudligi – alohida

olingan firmaning bozor sharoitida erkin harakat qilishga erishishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

  1. Monopoliyani tartibga solish – miqdoran hisoblash imkoniyati kam bo‘lgan juda murakkab jarayondir. O‘zbekistonda davlatning monopoliyaga qarshi chora-tadbirlari nafaqat monopoliyani cheklash, balki monopoliyadan chiqarish jarayoni bilan uzviy ravishda olib borilmoqda. Juda ko‘plab tarmoqlarda xukmron mavqega ega bo‘lgan korxonalar (ular yagona korxona-tarmoq sifatida ish yuritishar edi) xususiylashtirilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi va natijada tarmoqda raqobat muhiti shakllantirildi.

  2. Davlatning monopoliyaga qarshi qonunchiligi raqobatlashuvchi subyektlar ishchanligini susaytirmaydigan darajada etarlicha moslashuvchan bo‘lishi darkor.



Asosiy tayanch tushunchalar
Raqobat – bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashdan iboratdir.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling